Oʻyin (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻyin

Kitobning birinchi nashri
Asl nomi The Game
Muallif(lar) Jack London
Mamlakat Amerika
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1905
Nashriyot Macmillan

Oʻyin — 1905-yilda Jack London tomonidan yozilgan boʻlib, roman ringda halok boʻlgan yigirma yoshli bokschi, Jo haqida hikoya qiladi. Muallif gazetada sport muxbiri sifatida ishlagan va asarni aynan shaxsiy kuzatishlariga asoslanib yozgan[1].

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jo Fleming — yelkan toʻquvchi boʻlib, onasi va singillarining ehtiyojlarini taʼminlaydi, sport klublarida sovrinli oʻyinlarda ishtirok etib, qoʻshimcha daromad orttiradi. Shirinliklar doʻkonida ishlaydigan Genevieve bilan tanishganidan soʻng ular turmush qurishga qaror qilishadi. Qalligʻining boks bilan shugʻullanayotganidan xabar topgan Genevieve undan bu xavfli faoliyatni tark etishni soʻraydi. Jo bunga rozi boʻladi lekin yangi uyni jihozlash uchun soʻnggi oʻyinda gʻalaba qilib, pul yutushi kerak edi. Ammo boshining orqa qismiga tushgan kuchli zarba tufayli Jo komaga tushib, vafot etadi[2][3][4].

Asar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman yozuvchining boks haqidagi toʻrt kitobdan iborat toʻplamining eng soʻnggisi. Ushbu toʻplamning, ayniqsa „Oʻyin“ romanining boks kabi bir sport turining adabiy mavzuga aylanishida ahamiyati katta.

Jack London romandagi tartibsiz voqealar rivoji uchun ayblanganda, tanqidchilarga qarata shunday javob beradi: Men nafaqat boks, balki yutuqli oʻyinlar haqida ham oʻrgandim, tajribalarga ega boʻldim va boshimdan oʻtkazdim. Mana men „Oʻyin“ ni qanday yozdim[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]