Oʻzbegim (Vohidov asari, 2005)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbegim: Sheʼrlar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2005
Sahifalar soni 128

„Oʻzbegim“, toʻliq nomi Oʻzbegim: Sheʼrlar — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2005-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi lotin yozuvida 10 ming nusxada chop etilgan.

Toʻplamga shoirning 1953-yildan 1996-yilgacha yozilgan sheʼrlari, jumladan, „Oʻzbegim“ va „Inson“ qasidalari hamda Matmusa obrazi haqidagi hajviyalari kiritilgan. Kitobda eʼtirof etilishicha, unga kiritilgan sheʼrlarni Vohidovning oʻzi saralab bergan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Vohidov, Erkin. Oʻzbegim: Sheʼrlar. Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2005. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]