Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti logotipi
Xalqaro nomi
Uzbek-Finnish Pedagogical Institute
Turi Institut
Asos solingan sanasi 2022-yil
Rektori Shahzoda Negmatova
Fakultetlar 6
Talabalari 9000 dan ortiq
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Manzili
Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy. O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
,
Samarqand
,
O'zbekiston
Veb-sayti www.uzfi.uz

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (OʻzFIPI) – Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qarori asosida tashkil etilgan[1][2].

Institut vazifasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi[2].

Institut maqsadi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institutning maqsadi oʻzbek xalqiga yuqori salohiyatli va ilgʻor taʼlim texnoligiyalariga asosan professional sifatli pedagog kadrlar tayyorlashdir. Institutda oʻquv jarayoni „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qonun, taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq „Davlat taʼlim standarti“ va „Malaka talablari“ asosida yuritiladi va tartibga solinadi. Oʼquv jarayonining sifatli borishi hamda uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda yuqori natijalarni koʻrsatish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari soʻnngi yillarda ishlab chiqarilgan zamonaviy axborot texnologiyalari, yoqori sifatli proektorlar, video va audio tizimlari bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni uchun institut oʻqituvchilari tomonidan barcha fanlar boʻyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallar ishlab chiqilgan. Institut kredit modulli oʻquv tizimi asosida faoliyat olib boradi. Institutda oʻquv jarayoni oʻzbek, rus va ingliz tilida olib boriladi.

Institut axborot resurs markazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institutning ARM (axborot-resurs markazi)ning bazasida 100000 dan ortiq nashrga ega boʻlgan materiallar mavjud. Institut ARMning asosiy qismini darslik va oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy, ilmiy adabiyotlar tashkil etadi.

ARMda elektron kutubxona mavjud boʻlib bazasidan har bir talaba, hamda professor-oʻqituvchilar foydalana oladilar[3].

Hozirgi kunda institutda 6 ta fakultet faoliyat koʻrsatadi. Ular:

  1. Sanʼatshunoslik fakulteti
  2. Tabiiy fanlar fakulteti
  3. Jismoniy madaniyat, sport va Maktabgacha ta'lim fakulteti
  4. Amaliy matematika va fizika fakulteti
  5. Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti
  6. Filologiya fakulteti
  1. Musiqa taʼlimi kafedrasi
  2. Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi kafedrasi
  3. Texnologik ta'lim
  4. Matematika va informatika kafedrasi
  5. Fizika-astronomiya
  6. Kimyo kafedrasi
  7. Biologiya va geografiya kafedrasi
  8. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
  9. Sport turlarini oʻqitish metodikasi kafedrasi
  10. Maktabgacha ta'lim kafedrasi
  11. Psixologiya kafedrasi
  12. Pedagogika kafedrasi
  13. Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi
  14. Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi
  15. Xorijiy tillar kafedrasi
  16. Rus tili va adabiyoti kafedrasi
  17. Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi
  18. Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

Bakalavr yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60110900 Biologiya
2 60110500 Boshlangʻich taʼlim
3 60110700 Fizika va astronomiya
4 60111000 Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
5 60112200 Jismoniy madaniyat
6 60110800 Kimyo
7 60110200 Maktabgacha taʼlim
8 60111900 Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport
9 60110600 Matematika va informatika
10 60111300 Musiqa taʼlimi
11 5140600 Oʻzbek tili va adabiyoti
12 60111400 Gidrometeorologiya
13 61010342 Sport faoliyati: futbol
14 61010320 Sport faoliyati: kurash
15 61010321 Sport faoliyati: qoʻl toʻpi
16 61010311 Sport faoliyati: voleybol
17 60111100 Tarix
18 60111200 Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
19 60112300 Texnologik taʼlim
20 60111802 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60110500 Boshlangʻich taʼlim
2 60112200 Jismoniy madaniyat
3 60110200 Maktabgacha taʼlim
4 60111900 Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport
5 60111300 Musiqa taʼlimi
6 61010320 Sport faoliyati: kurash
7 60111100 Tarix
8 60111200 Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
9 60112300 Texnologik taʼlim
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60110900 Biologiya
2 60110700 Fizika va astronomiya
3 60111000 Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
4 60110800 Kimyo
5 60110600 Matematika va informatika

Magistratura yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 70110601 Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (matematika)
2 70110602 Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (Taʼlimda axborot texnologiyalari)
3 70110701 Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (fizika va astronomiya)
4 70110901 Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (Biologiya)
5 70110801 Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (kimyo)
6 70111001 Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (geografiya)
7 70112201 Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi
8 70111101 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (tarix)
9 70111401 Oʻzbek tili va adabiyoti
10 70111202 Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
11 70111301 Musiqa taʽlimi va sanʽat
12 70110101 Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi boʻyicha)
13 70110501 Taʽlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim)
14 70110201 Taʽlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha taʼlim)
  1. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori“. www.lex.uz. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (21-iyun 2022-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „SamDUning O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi“. www.uzreport.news. “UzReport” axborot agentligi (1-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2023-yil.
  3. „Unilibrary“. library.uzfi.uz. Oliy ta'lim muassasalarining yagona elektron kutubxona axborot tizimi. Qaraldi: 9-sentabr 2023-yil.

Insitutning rasmiy sayti