Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-mart kunidagi „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitani tashkil etish toʻgʻrisida“gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Har bir shaxsning vijdon va diniy eʼtiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga boʻlgan munosabatidan qatʼiy nazar tengligini taʼminlash, shuningdek, diniy tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi[1]. Qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev[2]. Unga qadar bu lavozimda Abduqodir Ahmedov faoliyat yuritgan[3].

Asosiy vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. Quyidagilar tashkilotning asosiy vazifalaridir:

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshiradi;
  • davlat organlarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini taʼminlaydi;
  • davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettiradi.
  • davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini nazorat qiladi;
  • diniy tashkilotlar, xorijiy diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarga doir diniy masalalar boʻyicha ishlarni olib boradi;
  • diniy tashkilotlar iltimosiga koʻra ularning davlat organlari bilan oʻzaro aloqalariga koʻmaklashadi. Hal etilishi talab qilinadigan masalalar boʻyicha zarur yordam koʻrsatadi;
  • diniy tashkilotlar va ularning aʼzolari oʻrtasida oʻzaro bir-birini tushunishni va sabr-toqatlilikni mustahkamlash siyosatini oʻtkazadi, ushbu borada tashkilotchilik ishlarini amalga oshiradi;
  • Hukumat topshirigʻiga binoan vijdon erkinligiga va diniy tashkilotlar faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
  1. „Qo`mita haqida“. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN ISHLARI BO'YICHA QO'MITA.
  2. „Rahbariyat“. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN ISHLARI BO'YICHA QO'MITA.
  3. „Дин ишлари бўйича қўмита раиси лавозимидан озод этилди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.