Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Turi | Davlat boshqaruv idorasi |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 29-iyun, 2020-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Shota Rustaveli, 8A |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | Akmal Burxanov |
Vebsayti | anticorruption.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi davlat organi hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 29-iyunda tashkil topgan[1][2]. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan direktor tomonidan boshqariladi. Korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha „E-Antikorrupsiya“[3] loyihasi ishga tushirildi.
Vazifasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyun 2020-yildagi PF-6013-son Farmoniga muvofiq belgilangan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkentda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Markaziy Osiyo Mintaqaviy platformasi ishga tushirildi[4].
2023-yil 19-dekabr kuni „Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yuksak mukofoti“ni tantanali taqdirlash marosimi Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi[5].
Oliy Majlis palatalarining vakillari Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Parlamentariylar Global tashkiloti (GOPAC) aʼzoligiga kiritildi[6].
2020-yildan boshlab har yili Aksilkorrupsiya haftaligi oʻtkazib kelinmoqda[7].
2024-yilda Toshkent shahrida ilk marotaba korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Global media forum boʻlib oʻtdi[8].
Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatni shakllantirish maqsadida korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini Oʻzbekistonda keng joriy etish boʻyicha „Yoʻl xaritasi“ tasdiqlandi[9].
Boshqaruv tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Burxanov Akmal Eshondedayevich – „A. E. Burxanovni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida“gi Prezident Farmoni (PF-6026-son, 14.07.2020-y.) Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan. (Senat Kengashining 15.07.2020 y. KQ-107–IV-son qarori)[10].
- Raximov Dilshod Faxriyevich – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari[11]
- Mavlyanov Umed Asliddinovich – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari – Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi[12]
- Tuxtasheva Umida Abdilovna – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari – Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi[13]
- Saparov Sherzod Baxtiyarovich – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi[14]
Xalqaro hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro hamkorlik doirasida 15 ta xalqaro tashkilotlar (BMT institutlari, IHTT, YEXHT, Jahon banki va boshqalar) hamda 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning (AQSH, Koreya Respublikasi, Fransiya, Singapur, Malayziya, Xitoy, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqalar) korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul idoralari bilan sohada hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan hamkorlikka oid 20 ta hamkorlik toʻgʻrisida bitim va Memorandumlar imzolangan.
„Transparency International“ xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha Korrupsiyani qabul qilish indeksida mamlakatimiz oʻrni 5 pogʻonaga koʻtarilib, 180 ta davlat orasida 33 ball bilan 121-oʻrinni egalladi[15] (2022-yilda 31 ball bilan 126-oʻrin), soʻnggi olti yilga solishtirganda esa – 37 pogʻona yuqoriladi.
„Open data inventory“ reytingda O‘zbekiston 2022-yil natijalariga koʻra 70 ball bilan 195 ta davlat ichida 30-oʻrinni egallab, 2020 yilga nisbatan 15 pogʻona yaxshilandi hamda Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni saqlab qoldi[16] (2020-yilda 63 ball bilan 45-oʻrin).
Davlat organlari va tashkilotlari sodir etilayotgan korrupsiyaga oid jinoyatlari kamayishga erishildi[17].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Ўзбекистон Республикасида коррупцияга қарши курашиш тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида“ (uz) (2020-yil 29-iyun).
- ↑ gazeta.uz. „Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ташкил этилди“ (uz) (2020-yil 29-iyun).
- ↑ „Rasmiy nutq va bayonotlar“ (uz).
- ↑ zamon.uz. „Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Mintaqaviy platforma ishga tushirildi“ (uz) (2023-yil 10-noyabr).
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi“ (uz) (2023-yil 19-dekabr).
- ↑ „Korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida brifing o‘tkazildi“ (uz).
- ↑ „Aksilkorrupsiya forumi: reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha nimalar qilinmoqda?“ (uz) (2024-yil 18-oktyabr).
- ↑ „Poytaxtda korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan global media-forum bo‘lib o‘tdi“ (uz) (2024-yil 10-sentyabr).
- ↑ „Korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida brifing o‘tkazildi“ (uz).
- ↑ „Коррупцияга қарши курашиш агентлиги директори тасдиқланди“ (2020-yil 16-iyul).
- ↑ daryo.uz. „Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi“ (2023-yil 19-oktyabr).
- ↑ „Агентлик раҳбарияти“ (uz).
- ↑ uzreport.news. „Umida Tuxtasheva Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o'rinbosari etib tayinlandi“ (uz) (2020-yil 3-noyabr).
- ↑ „Коррупцияга қарши курашиш агентлиги директори матбуот котиби“ (uz) (2024-yil 28-avgust).
- ↑ kun.uz. „O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash reytingidagi o‘rnini 5 pog‘onaga yaxshiladi“ (uz) (2024-yil 31-yanvar).
- ↑ spot.uz. „O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar reytingida 40-o‘rinni egalladi“ (2023-yil 16-fevral).
- ↑ kun.uz. „Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etganlar soni qaysi hududlarda oshgani ma’lum bo‘ldi“ (2024-yil 26-mart).