Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Antimonopoliya qoʻmitasi — Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida faoliyat yurutuvchi qoʻmita.
Prezidentning tegishli qarori bilan Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan Shohruh Shorahmatov Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi etib tayinlandi. Shohruh Shorahmatov oʻz faoliyatini Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. Shuningdek, turli yillarda Iqtisodiyot vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Prezident Administratsiyasi kabi tashkilotlarda mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan. Bundan tashqari u Moliya vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Монополияга қарши курашиш қўмитасига раис тайинланди“. Bugun.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |