Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti

Koordinatalari: 41.302850°0′0″N 69.248458°0′0″E / 41.30285°N 69.24846°E / 41.30285; 69.24846
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari instituti

Institut binosi (2023)
Xalqaro nomi Parliamentary Research Institute under the Legislative Chamber of Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan
Asos solingan 2023-yil
Direktori Toshpulatov Akrom Ikromovich
Manzili 100066. Toshkent sh., Furqat ko‘ch., 171-uy
Vebsayti pri.oliymajlis.uz
Koordinatalari 41.302850°0′0″N 69.248458°0′0″E / 41.30285°N 69.24846°E / 41.30285; 69.24846

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti (inglizcha: Parliamentary Research Institute under the Legislative Chamber of Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan, ruscha: Институт парламентских исследований при Законодательной палате Олий Мажлиса Республики Узбекистан[1]) — davlat ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi boʻlib, u oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga hisobdordir.

Institut tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-maydagi 3129-IV-son Qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tashkil etildi[2].

  • Strategik rejalashtirish va yigʻma axborot-tahlil boʻlimi
  • Konstitutsiyaviy huquq va parlamentarizm sohasida tadqiqotlar boʻlimi
  • Sud-huquq sohasida tadqiqotlar boʻlimi
  • Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tadqiqotlar boʻlimi
  • Xalqaro huquq va qiyosiy qonunshunoslik sohasida tadqiqotlar boʻlimi