Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Ramzlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgandan keyin oʻz Davlat Ramzlariga ega boʻlishni boshlagan, shu jumladan Bayroq ,Gerb va Madhiya Oʻzbek milliy qadriyatlari va davlatchilik tarixidan kelib chiqib qabul qilingan.

Oʻzbekiston Davlat Bayrogʻi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat Ramzlaridan biri hisoblangan bayroq 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan va 407-XXI sonli qonun bilan tasdiqlangan hisoblanadi.

Davlat bayrogʻi toʻrt rangdan iborat ular: moviy, yashil, oq va qizil ranglardan iborat toʻgʻri toʻrtburchak shaklidadir. Bayroqning eng yuqori qismida havorang bilan qoplangan bu esa yurt osmoni doimo tinch, osoyishta va mussaffo boʻlishini bildiradi. Oq rang esa bayroqning oʻrta qismida joylashgan boʻlib, uning maʼnosi koʻngil pokligi yurt obodligi nishonasidir. Bayroqning quyi qismida yashil rang hilpirab turadi. Bu degani yangilanish, shodumonlik, navqironlik ramzi hisoblanadi. Ikki qizil chiziq havorang va yashil ranglar oʻrtasida joylashgan boʻlib bu tomirlarimizda oqayotgan ajdodlar qonini bildiradi. Bayroqning yuqori qismidagi yarim oy va oʻn ikki yulduz Oʻzbek xalqining birdamliligi va qadimdan barpo boʻlgan davlatchiligi ramzlaridan hisoblanadi.

Bayroqning uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm ga teng.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi 1992-yil 2-iyulda Oliy kengashning oʻninchi sessiyasida qabul qilingan. Gerbda oltin vodiy uzra charaqlab turgan quyosh va oʻng tomonda ochilib turgan paxta chanoqlari chap tarafda esa bugʻdoy boshoqlari tasvirlangan. Gerbning eng yuqori qismida davlat birdamliligini anglatuvchi sakkiz qirrali yuduz uni ichida esa yarim oy va yulduz tasviri bor.Ezgulik ,poklik ,tinchlik va barcha ezgu fazilatlarni oʻzida jo qilgan Humo qushi esa Gerbning markazida qanot yozib turadi shuni aytish joizki bularning hammasi Oʻzbekiston xalqi madaniyati va ananalariga mos va hos tanlangan. Gerbning eng pastki qismida Oʻzbekiston bayrogʻi ichga Oʻzbekiston deb yozib qoyilgan.

Davlat Madhiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Davlat Madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan va Oliy Kengashning XI sessiyasida tasdiqlangan. Madhiya xalq shoiri Abdulla Oripov sheʼri va Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan. Madhiya oʻn olti qator va ikki naqorotdan iborat hisoblanadi.


Madhiya matni

Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,

Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!


Naqorat:

Oltin bu vodiylar – jon Oʻzbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!


Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!

Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,

Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!


Naqorat:

Oltin bu vodiylar – jon Oʻzbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!