Oʻzbekiston futbolchilar uyushmasi
Oʻzbekiston futbolchilar uyushmasi (Ўзбекистон футболчилар уюшмаси) – xalqaro futbolchilar assotsiatsiyasi (FIFPro) tashkilotining Oʻzbekistondagi vakili.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro FIFPro tashkiloti 1965-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda 65 ta davlat futbolchilar uyushmalari aʼzo hisoblanadi. 2017-yildan Oʻzbekiston ham aʼzo boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston futbolchilar uyushmasi sifatida rasmiy failiyatini boshlagan[1].
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uyushma oʻz oldiga vazifa sifatida futbolchilarni huquqlarini himoya qilish shu bilan bir qatorda, sportchilarning salomatligini muhofaza qilishni taʼminlashni maqsad qilishgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagan sportchilar keyingi davrda ham amaliy yordam koʻrsatish, shu bilan bir qatorda futbolchilar ichidan kuchli va malakali kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
OʻzPFL Oʻzbekiston futbolchilari uyushmasi (OʻFU) bilan 2024-yil soʻngiga qadar memorandum imzoladi[2]. Uyushmaning olib borayotgan har bir harakatlari FIFPro tomonidan nazorat qilinib boriladi va qoʻyilgan talab va vazifalarni oʻz vaqtida bajara olmagan, yillik hisobotni topshirmagan FIFPro azolari tashkilotdan chiqarib yuboriladi. Kamoliddin Murzoyev tashkilot rahbari sifatida faoliyat olib boradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abdulaziz Iskandarov. „O'zbekiston futbolchilar uyushmasi nima va u qanday ishlaydi?“ (O'zbekcha). championat.asia (11-avgust 2020-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
- ↑ „O‘zbekiston Superligasi FIFA futbol simulyatoridan joy olishi mumkin“. tribuna. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.