Oʻzbekiston iqtisodiyoti axborotnomasi
Oʻzbekiston iqtisodiyoti axborotnomasi ("Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana") — oylik ilmiyamaliy, ijtimoiy-iqtisodiy jurnal. Muassisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi. Oʻzbek va rus tillarida nashr qilinadi. Jurnalning birinchi soni 1919-yil 30-martda "Narodnoye xozyaystvo Turkestana" nomi bilan chiqqan. 1924-yildan — 1965-yil yanvar gacha faqat rus tilida turli nomlar bilan chiqarilgan. 1965—1990-yillarda Respublika Reja qoʻmitasi organi sifatida "Ekonomika i jizn" nomi bilan nashr etildi, 1990-yilda uning asosida "Hayot va iqtisod" hamda "Jizn i ekonomika" nashrlari tashkil etilgan. 1993-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining ijtimoiyiqtisodiy jurnal sifatida "Iqtisod va hisobot" va "Ekonomika i statistika" nomlarida nashr etila boshladi. 1998-yildan jurnal ilmiyamaliy maqom oldi va hozirgi nomda nashr etiladi. Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy rivojlanishning eng yangi yoʻnalishlari, iqtisodiy islohotlar, makro va mikroiqtisodiyot, menejment va korporativ boshqaruv, tashqi iqtisodiy faoliyat, kichik va xususiy tadbirkorlik, fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyati va boshqalar mavzular yoritiladi. Adadi 3000 nusxa (2005).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |