Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston respublikasining sud hokimiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston respublikasining sud hokimiyati — Oʻzbekistonda davlat hokimiyatining alohida mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻi. O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi. [1]Uning zimmidoralari, fuqarolarning turli tuman uyushmalari va alohida shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning huquq (qondoirasida kechishini va hal etilishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan. [[Sud hokimiyatiga xos xususiyatlar sudlovning davlat nomidan, maxsus tartibda tashkil etilgan (saylangan yoki tayinlangan) muassasalar (qarang Sud tizimi) tomonidan amalga oshirilishi, sudlarning oʻz faoliyatida faqat qonunga boʻysunishi hamda fuqarolik, maʼmuriy, jinoiy va boshqalar ishlarni qonunda belgilangan protsessual tartibda hal etishi, sudlar boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqil faoliyat yuritishi, sudning tanholigi (yaʼni davlatning boshqa hech qaysi idorasi sudlov funksiyalarini oʻz zimmasiga ololmasligi), sud hokimiyatining toʻlaqonli va qatʼiyligi (sud hokimiyati chiqargan hujjatlar, hukm va qarori barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiyligi)da namoyon boʻladi. Mamlakatimizdagi sud hokimiyatining huquqiy maqomi, tuzilishi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000-yil 14 dekabr)da belgilab berilgan (yana qarang [[Sud hokimiyati).





  1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.