Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston sanatoriysi (Yalta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston“ sanatoriysi
Санаторий Узбекистан
Umumiy maʼlumot
Manzili Qrim Respublikasi, Yalta shahri, Boxcharoy shossesi, 1-uy
Shahar Yalta
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qurilishi boshlangan 1907
Qurilishi tugagan 1911
Balandligi
Eng yuqori qavati 2
Texnik holati
Material Kerch shahridan keltirilgan toshlar
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor N.Tarasov
yalta-uzbekistan.ru

Oʻzbekiston sanatoriysi – Qrim Respublikasining Yalta shahrida joylashgan sanatoriy[1][2][3]. Buxoro amiri Amir Abdulahadxon tomonidan 1907—1911-yillarda bunyod etilgan. Sanatoriy bir vaqtning oʻzida 240 nafar kishiga xizmat koʻrsatadi.

1898-yilda Buxoro amiri Amir Abdulahadxon hozirgi sanatoriy hududini Rossiyadan sotib olgan. Soʻng, bu hududda 1 ta bogʻ hamda 4 ta qasr barpo qilgan. Buxoro xalqining ustalari qurilish jarayonlarida bevosita ishtirok etgan. 1911-yil Amir Abdulahadxon vafot etgach, qurilish ishlarini Said Olimxon davom ettirgan. 1921-yildan 4 ta qasr oʻrnida Yalta sharq muzeyi oʻz faoliyatini boshlagan.

1924-yil 23-mayda Qrim markaziy ijro qoʻmitasi prezidiumi qaroriga muvofiq, mulk cheklanmagan muddatda abadiy foydalanish uchun Oʻzbekiston ixtiyoriga oʻtkazilgan. Bu voqeadan soʻng, bu yer „Oʻzbekiston“ sanatoriysi deb yuritilishni boshlagan.

1927-yildan boshlab, sil kasalini davolaydigan sanatoriy sifatida faoliyatini boshlagan. Biroq, 2-jahon urushi vaqtida fashistlar tomonidan bogʻ toʻlaligicha buzib tashlanib, qolgan binolarga ham zarar yetkazilgan.

1969-yildan boshlab, asab va jismoniy kasalliklar sanatoriysiga aylantirilgan. 1970-yildan boshlab esa, Sharof Rashidov tomonidan bir qancha bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan[4].

„Puling boʻlsa xaltada, dam olasan Yaltada“ maqoli aynan shu sanatoriyga sovet davrida boy oʻzbeklar dam olish maqsadida borganidan kelib chiqqan.

  1. „Санаторий Узбекистан“. yalta-uzbekistan.ru. Qaraldi: 4-dekabr 2024-yil.
  2. „Санаторий Узбекистан в Ялте“. русские-курорты.рф. Qaraldi: 4-dekabr 2024-yil.
  3. „Xorijdagi “kichik O‘zbekiston”“. Daryo.uz. Qaraldi: 6-dekabr 2024-yil.
  4. „«O‘zbekiston» sanatoriylari Amir Olimxonnikimi?“. xabar.uz. Qaraldi: 4-dekabr 2024-yil.