Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi yoki WAYU Inglizcha: World Association of Youth of Uzbekistan, ruscha: Всемирная ассоциация молодёжи Узбекистана — xorijda oʻqib, ishlayotgan yoki chet elga migratsiya qilish istagidagi Oʻzbekiston yoshlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan, 26 ta davlatda vakillariga ega yoshlar tashkiloti. Xorijiy vakolatxonalar har bir mamlakatda 1 ta vakil va bir nechta koordinatorlardan iborat.

WAYU bosh idorasi O'zbekistonning Toshkent shahrida joylashgan. Assotsiatsiya har yili vakolatxonalari boʻlgan mamlakatlarda Yoshlar forumi va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni oʻtkazadi.[1][2][3] Assotsiatsiya yoshlar va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida muntazam ochiq muloqotlar va suhbatlar tashkil etadi.[4]

2017-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti hukumat qarori bilan tashkil etilgan. 2019-yil 5-avgustda “Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi[5][6]. Hujjat assotsiatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini oʻz ichiga olgan. Muassasaning asosiy vazifalaridan biri xorijga oʻqish yoki ishlash uchun ketgan oʻzbekistonlik yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Tashkilot asosiy maqsad va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Oʻzbekiston yoshlarining xorijdagi muammolari va intilishlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda umumlashtirish va tahlil qilish;
  • Xorijda oʻqish va (yoki) ishlashni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston yoshlari uchun metodikalar tayyorlash;
  • Xorijda istiqomat qilayotgan barcha Oʻzbekiston yoshlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bazasini yaratish hamda ular bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish;
  • O'zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatiga molik loyihalarga xorijda yashovchi malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, yosh mutaxassislarni vazirliklar, idoralar va oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga tanlov asosida jalb etish;
  • Oʻzbekistonlik xorijdagi yoshlarni, ularning manzillari, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarning telefon raqamlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • Internet tarmogʻlarda veb-portallar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish hamda chet elga chiqish yoki sayohat qilishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun xizmatlar va tavsiyalar berish;
  • Oʻzbekiston yoshlari eng koʻp istiqomat qiladigan davlatlardagi Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari bilan uyushma faoliyatini tashkil etish;
  • Xorijda yashayotgan Oʻzbekiston yoshlarini Oʻzbekiston tarixi, madaniyati, oʻzbek tili va adabiyoti haqida ma’lumotlar bilan tanishtirish.
  • Taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar, bayramlar, festivallar va adabiy kechalar tashkil etish orqali xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
  • Xorijdagi yoshlarni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qulay ishbilarmonlik muhiti va yaratilayotgan ish oʻrinlari haqida xabardor qilish;
  • Vatandoshlarni moslashtirish, tarixiy vataniga qaytarish, shuningdek, jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish;
  • Yoshlarni turli tahdidlardan (ekstremizm, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi va boshqalar) himoya qilish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar, noqulay sharoitlarga tushib qolgan yoki bunday holatlar qurboni boʻlgan yosh vatandoshlarga huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish;
  • Oliy darajadagi safarlar, shuningdek, boshqa xizmat safarlari chogʻida davlat organlari vakillarining uyushmaning xorijdagi vakolatxonalari faollari bilan uchrashuvlarini tashkil etish.

Tashkiot rahbariyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Leadership
Muddati Rais
2017–2019 Murodilla Alimboyev
2019–2020 Nozima Ruzimetova
2020–2021 Rakhmatjon Umarov
2021–2022 Dilfuza Yuliyeva
2022-2022 Istam Khamroev
2022-2023 Nilufar Kiyamova
2023- hozirgi vaqtgacha Otabek Shavkatov
Tashkilot xorijdagi vakillari
Muddati Ism sharifi Lavozimi Davlati
Hozirda Bediev Kamoliddin Asomiddinovich Vakil Germaniya
Hozirda Timur Mirzayev Koordinator Kanada
Hozirda Davlatjon Tojiboyev Vakil Rossiya
Hozirda Xumoyun To'rayev Vakil AQSH
Hozirda Yelena Chuyanova Vakil Janubiy Koreya
Hozirda Jumaev Ergash Vakil Turkiya
Present Khasanov Jurabek Khurshidovich Vakil Yaponiya
Hozirda Rakhmanov Abrorjon Khasanovich Vakil Belarusiya
Hozirda Nasibullina Kamila Khamzaevna Koordinator Belgiya
Hozirda Ashurbekov Bekzod Erkinboy o'g'li Vakil Birlashgan Qirollik
Hozirda Umarov Diyor Koordinator Birlashgan Qirollik
Hindiston Ahmedjanov Sunnatjon Sunatilloyevich Vakil Latviya
Hozirda Farhod Okhunjonov Vakil Malayziya
Hozirda Usmonxonov Ulug'bek Iftixorjon o'g'li Vakil Xitoy
Hozirda Ganiyev Farhod Vakil Qozog'iston
Hindiston Radjabov Jaloliddin Juraqulovich Vakil Hindiston

Xayriya loyihalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xorijda istiqomat qilayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Musofir” xayriya loyihasini tashkil etgan. WAYU har yili “Musofir” xayriya marafoniga mezbonlik qiladi. Marafon xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlari hayotiga befarq boʻlmagan barcha yoshlarni chorlaydi. Loyiha xayriya qilingan mablag'larni xorijda muhtoj bo'lgan o'zbekistonlik vatandoshlarga yordam berish uchun tarqatadi.

Izohlar ro'yxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. https://www.trt.net.tr/uzbek/turk-dunyosi/2021/12/19/1234567890-1749524
  2. https://dunyo.info/uz/site/inner?slug=janubiy_koreyada_o%E2%80%98zbekiston_yoshlari_forumi_-_2021_o%E2%80%98tkazildi-H7e
  3. https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/17/forum/
  4. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  5. https://lex.uz/docs/-4462724
  6. https://www.gazeta.uz/oz/2019/08/07/yoshlar-kengash/#!