Kontent qismiga oʻtish

Oʻzligini anglash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzligini anglash birinchidan, odamning ozod, erkin, nodir, ulugʻ siymoligini anglash va oʻzida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish boʻlsa, ikkinchidan, uning oʻziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, maʼnaviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Odamzod oʻzini oʻzi anglar ekan, oʻzida bor imkoniyatlarini yanada rivojlantiradi. Odam oʻzini anglagandan keyin yangi qirralarini ochadi. Oʻz qadr-qiymati va boshqalarning fikri obyekt sifatida qaralishini inson hayoti davomida toʻxtamaydi. Bunda har bir inson oʻzligini topish uchun uni toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan ustoz, hamroh yoxud toʻgʻri tarbiya bergan ota-onaga muhtoj boʻladi. Yuqoridagi sabablarsiz odamzod oʻzligini anglamasdan oddiy hayot kechirib, oʻzidan yaxshi nom qoldirmasdan ketishi mumkin.