Kontent qismiga oʻtish

O‘g‘lon darvozasi (Buxoro)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘g‘lon darvozasi
Joylashuvi
Manzil Chorbaqoli
Hudud Buxoro viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Umumiy maʼlumotlar
Buzilgan yili 1948—1950-yillarda buzilgan
Arxitekturasi
Meʼmoriy uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Qurilish materiali pishgan gʻisht
Balandligi 11 metr
Kengligi 13 metr
O‘g‘lon darvozasi (Buxoro)


O‘g‘lon darvozasi — Buxoro darvozasi.

O‘g‘lon darvozasi Buxoro shahridagi mahobatli darvozalaridan yana biri bo‘lib, Chorbaqoli yaqinida joylashgan. O‘g‘lon oʻzbek urugʻlaridan birining nomi hisoblanadi[1]. Bu darvoza oldida Gazli, Romitan Xorazm tomonga boradigan katta yo‘l joylashgan bo‘lib, shimol tomonda O‘g‘lon mahallasi, janubda esa Nog‘orachilar mahallasi joylashgan. Ularning ko‘plari Arkdagi hukmdorlar saroyida nog‘ora, karnay-surnay chalib, xizmat qilishgan. Darvozayi O‘g‘longa yaqin masjid-madrasa qo‘shilgan holatda qurilgan bo‘lib, avliyo O‘g‘lon Ato qabrlari ham shu yerda mavjud bo‘lgan. Bu yerda Xatmi Piridastgir, yaʼni Abdulqodir Giloniy xotirasiga bag‘ishlab diniy marosim ham o‘tkazilgan. O‘g‘lon Ato ulug‘ avliyolardan biri hisoblanadi. Bu haqdagi maʼlumotlar 1887—1888-yillarga tegishli vaqf hujjatlarida saqlanib qolgan[2]. Buxoro amiri Amir Nasrulloxon (1826—1860) davrida Oʻgʻlon darvozasi yaqinida Chorbogʻxossa nomli tashqi saroyi ham mavjud boʻlgan[3]. Darvoza Buxoro shahrining asosiy darvozalaridan biri hisoblangan. 1948—1950-yillarda shaharni kengaytirish bahonasida O‘g‘lon darvozasi yonidagi mozor, masjid, madrasa uning yonida joylashtirilgan harbiy qism tomonidan buzib tashlanadi. Hozirgi paytda darvoza saqlanib qolmagan.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘g‘lon darvozasi 11 metr, kengligi 13 metr, asosi 1,40 metrdan iborat bo‘lgan. Ustki qismi 19 ta gultojdan tuzilgan, „guldasta“lari uch qator, beshta tuynuk bilan bezatilgan hamda baland ravoq arka va qanosdan iborat bo‘lib, kitebasiz qilib qurilgan. Bu usul faqat shu darvozaga xos bo‘lib, boshqalarida takrorlanmaydi. O‘g‘lon darvozasi oʻzining salobati bilan ajralib turgan. Darvozadan kiraverishda savdo do‘konlari va baqqollik bozori mavjud bo‘lgan[4].


  1. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  2. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145-bet. 
  3. Ремпель Л. И. Далекое и близкое. Бухарские записи. Ташкент: Из-во литературы и искусства им. Г. Гуляма, 1981 — 304-bet. 
  4. To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.