Kontent qismiga oʻtish

O‘lik shoirlar jamiyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Amerika rok guruhi — „Dead poet society“.
O‘lik shoirlar jamiyati
Dead Poets Society
Rejissyor(lar) Peter Weir
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Tom Schulman
Rollarda Robin Williams
Bastakor(lar) Maurice Jarre
Kinematografiya John Seale
Muharrir(lar) William Anderson
Studiya(lar)
  • „Touchstone Pictures“
  • „Silver Screen Partners IV“
Distribyutor Buena Vista Pictures Distribution
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 128 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $16.4 million[2]
Daromadi $235.9 million [3]

O'lik shoirlar jamiyati — 1989-yilda rejissyor Peter Weir tomonidan suratga olingan[4]. Film ssenariysi Tom Schulman tomonidan yozilgan bo'lib, yosh o'spirinlar hayoti haqida hikoya qiladi. Film voqealari 1959-yilda „Welton Academy“ nomli maktab internatida sodir bo‘ladi. Filmda bosh rolni Robin Williams ijro etgan. Syujetda ingliz tili o‘qituvchisi maktab o'quvchilarini she'riyat orqali o'z kelajagini topishga undashi aks ettirilgan[5].

„O'lik shoirlar jamiyati“ filmi ilk bor 1989-yilning 2-iyunida AQShda namoyish etilgan. Film tanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi muvaffaqiyatga erishdi. U dunyo bo‘ylab 235 million dollar daromad qildi, 1989-yilning eng ko‘p daromad keltirgan beshinchi o'rindagi filmi bo‘ldi hamda barcha tanqidchilardan asosan ijobiy fikrlar oldi. Film ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi, jumladan, „Eng yaxshi film“ va „Eng yaxshi rejissor“ nominatsiyalarida Oskar mukofotiga nomzod deb topildi. Shuningdek, Robin Williams „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasini ham qo'lga kiritdi. Film „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida „BAFTA“ mukofotini, „Eng yaxshi chet el filmi“ nominatsiyasida „César“ mukofotini va „David di Donatello“ mukofotini qo‘lga kiritdi. Tom Schulman esa „Eng yaxshi original ssenariy“ uchun Oskar mukofotiga sazovor bo‘ldi[6].

1959-yilda Todd Anderson Vermontdagi Welton akademiyasida, faqat erkaklar uchun mo‘ljallangan episkopal tayyorlov maktab internatida o‘rta maktabning kichik sinfida o‘qishni boshlaydi. Toddga xonadosh sifatida Weltonning eng yaxshi o‘quvchilaridan biri, kichik sinf o‘quvchisi Neil Perry biriktiriladi. Neil orqali Todd uning do‘stlari — Knox Overstreet, Richard Cameron, Steven Meeks, Gerard Pitts va Charlie Dalton bilan tanishadi.

Darslarning birinchi kunida o‘quvchilar yangi ingliz tili o‘qituvchisi Jon Keatingning noodatiy o‘qitish uslubidan hayratda qolishadi. Welton bitiruvchisi va Kembrijda ingliz adabiyotini o‘rgangan Keating o‘z o‘quvchilarini har bir daqiqani besamar o'tkazmaslikka chorlaydi va bu orqali lotincha „carpe diem“ iborasiga ishora qiladi. „Carpe diem“ ya'ni bu lahzani tutish degan ma'noni anglatadi.

Keating o‘quvchilarga hayotga turli nuqtai nazardan qarashni o‘rgatish uchun navbatma-navbat o'qituvchi stoliga chiqib sinfga qarashni taklif qiladi. U o'quvchilarga she’riyatni baholash uchun matematik formulani tushuntiruvchi kitoblarning kirish qismini yirtib tashlashni aytadi. Shuningdek, ularni o‘ziga xosligini rivojlantirish uchun hovlida har birimi o‘z uslubida yurib ko‘rishga undaydi. Keatingning bu uslublari qattiqqo‘l direktor Gale Nolanning e’tiborini tortadi.

Keatingning talabalik davrida Weltonda norasmiy O'lik shoirlar jamiyati a'zosi bo‘lganini bilib qolgan Neil bu klubni yana qayta tashkil etmoqchi bo'ladi. So'ngra Neil va uning do‘stlari kampusdan yashirincha chiqib, g‘orda she’r o‘qiy boshlashadi. Keatingning saboqlari va klubdagi ishtiroklari ularni o‘z hayotlarini o‘z qoidalari asosida yashashga undaydi. Knox mahalliy davlat maktabi futbolchisi Chet Danburry bilan uchrashib yurgan, oilasining yaqin do‘sti bo‘lgan bir oilaning ajoyib qizini sevib qoladi.

Neil aktyorlikka bo‘lgan qobiliyatini kashf etadi va mahalliy teatrdagi „Yoz kechasi tushlari“ spektaklida qahramon Puck rolini o'ynamoqchi bo'ladi. Bu esa uni Harvardda tibbiyot yo‘nalishida o‘qishini xohlaydigan, qat’iyatli otasining noroziligiga sabab bo‘ladi. Keating esa Toddning o‘z ichki imkoniyatlarini kashf etishiga yordam beradi. Keating Toddni o‘zining fikrlarini erkin ifoda etishga undaydi. Toddning ishtiyoqi oshib bir lahzada butun sinfga ajoyib she'r o'qib beradi.

Charliening klub nomidan maktab gazetasida qizlarni Welton akademiyasiga qabul qilishga tavsiya etish murojaati haqida maqola e’lon qilishi voqealar rivojini keskin o‘zgartirib yuboradi. Bu holatga javoban direktor Nolan Charlieni jazolaydi va undan O'lik shoirlar jamiyati a’zolarining kimligini oshkor qilishni talab qiladi, ammo Charlie direktroga hech narsa aytmaydi. Keating Nolan bilan uchrashib bu ishi noto'g'ri va jamiyat haqida boshqalar bilmasligi kerakligini tushuntiradi. Keating bolalarni to'plab, har qanday vaziyatni avvalo yaxshi fahmlab olish kerakligini aytadi.

Spektaklning boshlanish arafasida Neilning otasi uning spektaklda ishtirok etayotganini bilib qoladi va darhol undan rol ijro etmasligini talab qiladi. Keating Neilga otasiga qarshi chiqib, aktyorlikni jiddiy qabul qilayotganini isbotlashni maslahat beradi. Neil spektaklda ishtirok etganidan so‘ng, uning otasi javoban uni Weltondan chiqarib, Braden harbiy maktabiga o‘qishga beradi. Otasiga Neilni his -tuyg'ularini tushunishni xohlamaydi. Neilning onasi ham uni hech qanaqasiga qo'llab-quvvatlamaganidan so'ng, otasining qurolidan foydalanib o'z joniga qasd qiladi.

Neilning ota-onasining iltimosiga binoan, Nolan uning o‘limi yuzasidan surishtiruv boshlaydi. Tekshiruv davomida Cameron jazodan qochish maqsadida aybni Keatingga to‘nkaydi va O'lik shoirlar jamiyati a’zolari haqida direktorga barcha ma’lumotlarni ochiqlab beradi. Charlie bu xiyonat uchun Cameron bilan yuzma-yuz keladi, ammo Cameron boshqa talabalarni Keatingni aybdor qilishga rozi bo‘lishga rozi qilgan edi. Bunga javoban, Charlie Cameronni uradi va natijada maktabdan haydaladi. Keyin har bir o‘quvchi Nolanning idorasiga chaqirilib, Cameronning yolg‘on ayblovlarini tasdiqlovchi xatga imzo qo‘yadi. Toddning navbati kelganda, ota-onasining bosimi ostida u ham xatni imzolashga majbur bo‘ladi. Natijada, Keating ishdan bo‘shatiladi.

Nolan ham Weltonda ingliz tili o‘qituvchisi bo'lgan edi shuning uchun ham vaqtincha Keatingning ingliz tili darslarini o‘z zimmasiga oladi. Keating o‘z buyumlarini yig‘ish uchun sinfga kirganida, Todd uning ishdan bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan xatni bolalar bosim ostida imzolashganini tan oladi. Keating Toddning gaplariga ishonishini aytib uni tinchlantiradi. Nolan esa Todd va boshqa kimdir tartibni buzsa, ularni maktabdan haydash bilan tahdid qiladi. Tahdidlarga qaramay, Todd o‘z stoliga chiqib, „O Kapitan, mening kapitanim“ (O Captain, my capitan) deya hayqiradi. O'lik shoirlar jamiyatining boshqa a’zolari, Cameronni hisobga olmaganda, barcha o'quvchilar unga ergashib stol ustiga chiqqan holda baqirishadi. O'quvchilarning qo‘llab-quvvatlashidan ta’sirlangan Keating bolalarga minnatdorlik bildiradi va mag‘rur holda sinfdan chiqib ketadi.

Robin Williams John Keating rolida.
  • Robin Williams John Keating rolida, maktabga yangi kelgan ingliz tili o'qituvchisi
  • Robert Sean Leonard Neil Perry rolida
  • Ethan Hawke Todd Anderson rolida
  • Josh Charles Knox Overstreet rolida
  • Gale Hansen Charlie Dalton rolida
  • Dylan Kussman Richard Cameron rolida
  • Allelon Ruggiero Steven Meeks rolida
  • James Waterston Gerard Pitts rolida
  • Norman Lloyd Gale Nolan rolida, Welton akademiyasi direktori
  • Kurtwood Smith Thomas Perry rolida, Neilning buyruqboz otasi
  • Alexandra Powers Chris Noel rolida, Knoxning sevib qolgan qizi va Ridgeway o‘rta maktabidagi cheerleader
  • Melora Walters Gloria rolida, Tinaning do'sti
  • Welker White — Tinaning rolida, Charlie tomonidan O'lik shoirlar jamiyatiga taklif qilingan obraz
  • Leon Pownall George McAllister rolida, Lotin tili o'qituvchisi[7]
  • George Martin Hager rolida, matematika o'qituvchisi
  • Carla Belver Perry xonim rolida, eridan juda qattiq qo'rqadigan Neilning onasi
  • Jane Moore Mrs. Danburry rolida
  • Kevin Cooney Joe Danburry rolida, Chetni otasining do'sti
  • Colin Irving Chet Danburry rolida, Chrisning do‘sti va Ridgeway o‘rta maktabining futbolchisi
  • Matt Carey Kurt Hopkins rolida, Welton akademiyasi o'quvchisi
  • John Cunningham Mr. Anderson rolida
  • Lara Flynn Boyle Ginny Danburry rolida, Chetning singlisi (filmdan olib tashlangan sahnalar)

Suratga olish jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asl ssenariy Tom Schulman tomonidan yozilgan bo‘lib, Tennessee shtatining Nashvil shahridagi „Montgomery Bell“ akademiyasida o‘zining hayotiy tajribalariga asoslanib yozilgan. Ayniqsa, ingliz tili o‘qituvchisi Samuel Pickering bilan bo‘lgan tajribalardan kelib chiqqan[8][9][10].

Dastlab Jeff Kanew rejissyor sifatida ishga olingan edi va Kanew Keating roliga Liam Nisonni taklif qilgan[11]. Keating roli uchun ko‘rib chiqilgan boshqa aktyorlar qatorida Dastin Xoffman, Mel Gibson, Tom Hanks va Mikki Rurk ham bor edi[12][13][14]. „Touchstone Pictures“ tomonidan ustuvor tanlov sifatida ko‘rib chiqilgan Robin Williams oxir-oqibat rolga tasdiqlandi. Biroq, Atlantadan tashqarida suratga olishning birinchi kunida Williams suratga olish maydonchasiga kelmadi, chunki rejissyor Kanew bilan ishlashni istamagan edi[15]. Keyinchalik kino studiyasi qurib bitkazilgan dekoratsiyalarni yoqib yubordi va Kanewning o‘rniga boshqa rejissyorni ishga oldi[15].

1988-yil oxirida Peter Weir Disney kompaniyasida Jeffrey Katzenberg bilan uchrashdi. Touchstone Pictures kompaniyasini boshqaruvchisi Katzenberg Weirga Schulman ssenariysini o‘qib chiqishni taklif qildi. Sidneyga qaytib ketayotgan parvozda Weir ssenariydan hayratga tushdi va olti hafta o‘tgach, bosh rollar uchun aktyorlarni tanlash uchun Los-Anjelesga qaytib kel Peter Weir rejissyorlik vazifalarini olganidan keyingina suratga olish jarayoni jiddiy boshlandi.di[16]. Peter Weir rejissyorlik vazifalarini olganidan keyingina suratga olish jarayoni jiddiy boshlandi[15].

Schulman qo‘lyozmasida Keating Hodgkin limfogranulematozdan aziyat chekayotgan va asta-sekin hayotdan ko‘z yumayotgan obrazda tasvirlangan edi. Hattoki uning kasalxonadagi o‘lim to‘shagida yotgan sahnasi ham bor edi. Ammo Peter Weir bu sahnani keraksiz deb hisoblab, olib tashladi. Weir tomoshabinlarning diqqatini Keatingning kasalligiga emas, balki uning shaxsiy qadriyatlari va g‘oyalari orqali yetkazgan ma’nosiga qaratishni maqsad qilgan edi[17].

Disneyning ssenariy bo‘yicha dastlabki takliflari yigitlarning qiziqishini she’riyat emas, balki raqs tushish bilan bog‘lashni. Shuningdek, filmga yangi nom — „Sultans of Swing“ qo‘yishni taklif qilgan. Bu o‘zgarishlar e’tiborni yigitlar emas, balki janob Keating obraziga qaratishni maqsad qilgan edi. Ammo ushbu g‘oyalar darhol rad etildi[16].

Suratga olish jarayoni 1988-yilning noyabr oyidan boshlangan va 1989-yilning yanvar oyida yakunlangan. Film ijodkorlari 70 dan ortiq universitet va xususiy maktablarni ko‘zdan kechirganidan so‘ng, „O‘lik shoirlar jamiyati“ filmi uchun voqealar Delaver shtatining Middletown shahridagi St. Andrew's maktabi va Everett teatrida, shuningdek, New Castle va unga yaqin joylashgan Wilmington shaharlarida suratga olinadigan bo‘ldi[10][18][19]. Keating bilan bog‘liq sinf sahnalari Wilmingtondagi ovoz yozish pavilyonida qurilgan sinf xonasining nusxasida suratga olindi[10]. Filmni o'tmishda sodir bo‘layotgandek ko‘rsatish uchun, Delaware shaharlaridagi do‘kon fasadlari o‘zgartirildi va zamonaviy qulayliklarning barchasi olib tashlandi[19]. Suratga olish jarayonida Peter Weir yosh aktyorlarga hattoki, kamera ortida ham zamonaviy jargonlardan foydalanmasliklarini so‘radiSuratga olish jarayonida Peter Weir yosh aktyorlar hattoki kamera ortida ham zamonaviy jargonlardan foydalanmasliklarini so‘radi[20]. Weir shuningdek, Robin Williamsning improvizatsiya mahoratini erkin namoyon etishi uchun Disney rahbariyatidan yarim kunlik suratga olish jarayonini ham yashirgan[21].

„O‘lik shoirlar jamiyati“ filmi uchun ikki marta ochiq kasting o‘tkazilgan bo‘lib, unda 3000dan ortiq aktyorlar jalb etilgan[19]. Suratga olish jarayonida Robin Williams ko‘p hazil qilgani aytiladi, bu Ethan Hawke uchun biroz asabga teguvchi holat bo'lgan. Shunga qaramay, Hawkening yordamchisi unga ishonch bildiradi[22][21].

Dunyo bo‘ylab filmning kassa daromadlari $235860579ni tashkil etgan, shundan $95860116 AQSh ichki bozori daromadiga to‘g‘ri keladi.

  1. „Dead Poets Society“. BBFC (1999-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
  2. „Dead Poets Society (1989)“. The Numbers. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
  3. https://www.boxofficemojo.com/release/rl2605483521/weekend/
  4. https://daryo.uz/2024/12/13/taniqli-aktyorlarning-farzandlari-suratga-tushgan-filmlar-treyler
  5. Canby, Vincent „Dead Poets Society (1989) June 2, 1989 Review/Film; Shaking Up a Boys' School With Poetry“. The New York Times (1989-yil 2-iyun). 2013-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-noyabr.
  6. „1990 Film Film | BAFTA Awards“. Awards.bafta.org. 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
  7. „LitCharts“. 2020-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.
  8. „Real-life professor inspires 'Dead Poets' character“. Florence, AL, USA: Tennessee Valley Printing Co., Inc.. Associated Press (1989-yil 10-iyul). Qaraldi: 2015-yil 18-yanvar.
  9. Henderson, Bill. „Williams and Then Some“ (1992-yil 12-yanvar). 2019-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 19-dekabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Dead Poets Society (1989)“. AFI Catalog of Feature Films. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
  11. Meil, Eila. Casting Might-Have-Beens: A. New York: McFarland, 2005. ISBN 9780786420179. 
  12. Brady, Celia (March 1989). "Bring Back the Kids: Hollywood's Littlest Stars and Biggest Egos in their Middle Ages". Spy: 107. 
  13. Walsh, Keri. Mickey Rourke. London: Bloomsbury, 2014 — 2-bet. ISBN 9781844574308. 
  14. „Secret Heartbreak, Unbreakable Bonds and Bombed Auditions: 30 Secrets You Might Not Know About Dead Poets Society“. E! Online (2019-yil 2-iyun). Qaraldi: 2023-yil 7-fevral.
  15. 15,0 15,1 15,2 „Dead Poets Society - Script to Screen“. University of California Television (2013-yil 7-mart). Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
  16. 16,0 16,1 King, James. Fast Times and Excellent Adventures. London: Constable, 2018 — 430-bet. ISBN 9781472123725. 
  17. McCurrie, Tom „Dead Poets Society's Tom Schulman on the Art of Surviving Hollywood“. Writersupercenter.com (2004-yil 15-mart). 2019-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-mart.
  18. Cormier, Ryan. „25 'Dead Poets Society' in Delaware facts“. Wilmington, Delaware, USA: Gannett Company (2014-yil 12-avgust). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-yanvar.
  19. 19,0 19,1 19,2 Sohrab „The Making of a Classic: The Story Behind the Dead Poets Society“ (en-US). D23 (2024-yil 14-iyun). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
  20. King, James. Fast Times and Wxcellent Adventures. London: Constable, 2018 — 433-bet. ISBN 9781472123725. 
  21. 21,0 21,1 Bloomenthal, Andrew (June 6, 2019). „Dead Poets Society Retrospective with Tom Schulman, Peter Weir, and Ethan Hawke“. Script. Qaraldi: 24 February 2023.
  22. Bailey-Millado, Rob. „Ethan Hawke: Robin Williams was 'incredibly irritating' on 'Dead Poets' set“ (2021-yil 30-avgust). Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.