O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi faxriy unvonining koʻkrak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | Koʻkrak nishon | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 27-dekabr | |
Navbat | ||
Toʻngʻich mukofot | Mustaqillik ordeni | |
Kenja mukofot | Amir Temur ordeni |
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi — faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonun 1996-yil 27-dekabrdagi 365-I-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida qurilish maydoni, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻyicha „Xizmat koʻrsatgan quruvchi“ degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Faxriy unvon bilan taqdirlash tartibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi.
Faxriy unvon bilan taqdirlangalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevral, PF-773-son farmoniga koʻra quyidagi shaxslar „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni taqdirlandi[1].
Efremov Viktor Makarovich | — | "Buxorogazsanoatqurilish" tresti 2-qurilish boshqarmasi izolatsiya qilish mashinasining mashinisti |
Kerimov Edige Urdobayevich | — | "Janubgazqurilish" trestining boshqaruvchisi, Xorazm viloyati |
Solihov Qudratilla Abdullayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri |
Xan Nikonor Timofeyevich | — | "Qoraqalpoqirmontajqurilish" tresti „Darsan“ xoʻjalik hisobidagi boʻlimining elektrogaz payvandchisi |
Prezidentning tegishli farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi[2].