O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
Qiyofa
Ishga tushgan sanasi | 2003-yil |
---|---|
Joylashuvi | Toshkent |
Vebsayti | oav.uz |
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi (OʻEOAVMU) Oʻzbekiston Respublikasidagi yirik nodavlat notijorat ommaviy axborot vositalari tashkiloti hisoblanadi. U Oʻzbekistonning 100 dan ziyod nodavlat teleradiostansiyalari va kabel televideniyesi studiyalarini jipslashtiradi.
Uyushma maqsadi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sivilizasiyalashgan eshittirish bozorini shakllantirish, nodavlat telestansiyalar, efir kontent sifati va rang-barangligini oshirish, teleradioeshittirishlar faoliyatini shaklllantirish.
- Assosiasiya a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bevosita faoliyatida qoʻllab-quvvatlash, huquqiy kafolatlarini muvofiqlashtirish va ta’minlash.
- Oʻquv seminar-trening oʻtkazish orqali ijodiy va texnik ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasbiy malakasini oshirish. Xorijiy murabbiylarni jalb etish, teleradiostansiyalarning yosh ijodiy va texnik xodimlari malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash.
- OAV sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida suratga olish jarayonida xorijiy telekanallar va telestudiyalarni qoʻllab-quvvatlash.
Uyushma aʼzolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Assosiasiyaga 18 ta milliy telekanal, 19 ta radiokanal, 100 ta elektron OAV - Oʻzbekiston kabel televideniyesi a’zolari (52 ta xorijiy kanallar) kiradi. OʻEOAVMA a’zolari orasida Sevimli TV, ZOR TV, MY5 va Uzreport telekanallari bor.
Uyushma hamkorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- “Rossiya-madaniyat” telekanali
- “Rossiya-1” telekanali
- YUNESKO
- CNBC
- Rossiya Teleradiokompaniyalari milliy uyushmasi (TMU)
- Gyote instituti
- YUNICEF
- Konrad Adenauyer jamgʻarmasi
- Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
- “Oʻzbekkino” Milliy agentligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi
- Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi
- Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi
Uyushma tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rahbariyat
- Ekspertlar kengashi
- Taftish hay’ati
- Televideniye sektori
- Radioeshittirish sektori
- Axborot sektori
Loyiha va filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Euronews, Rossiya-madaniyati, CNBC[1], BBC telekanallari bilan hamkorlikda “Nukus. Noma’lum jamgʻarma”, “Oʻzbekiston. Ochiq topilmalar”, “Oʻzbekiston: muhabbat haqida afsona”, “Oʻzbekiston. Qumlar va togʻlar ortida”, “Oʻzbekiston – qumlar javohiri”[2], “Qoraqalpogʻiston. Qumlar zamonida”[3], “Kattalangar Qur’oni: Fakt va afsonalar”.
- 2017-yil oktabr oyida Tomson Reyters xalqaro axborot agentligi bilan shartnoma imzolandi. Hamkorlik natijasi 9 oylik axborotlar toʻplamiga kirish huquqini qoʻlga kiritish va xalqaro maydonda roʻy berayotgan eng soʻnggi va dolzarb yangiliklarni translyasiya qilish imkoniyatiga ega boʻldi.
- YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi OʻEOAVMU va BBC Media Action tashabbusi bilan “Oʻzbek ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik manfaatlarini ta’minlash salohiyatini kuchaytirish” loyihasi amalga oshirildi.
- YUNICEF va OʻEOAVMU oʻrtasida Oʻzbekistonda ayollar va bolalar turmush tarzini hamda farovonligini yaxshilashga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirildi[4].
- Jurnalistlarning zamonaviy multimedia maktabini yaratish[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Американский телеканал CNBC впервые транслирует фильмы об Узбекистане
- ↑ «Россия 1» показал фильм «Узбекистан. Жемчужина песков»
- ↑ Создан фильм, открывающий тайны коллекции Игоря Савицкого
- ↑ ЮНИСЕФ и НАЭСМИ заключают партнерство во благо каждого ребенка в Узбекистане
- ↑ „На конференции НАЭСМИ объявлено о создании современной мультимедийной школы“. 14-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.