O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati
Qiyofa
Turi | madaniy meros |
---|---|
Maqomi | amalda |
Ishga tushgan sanasi | 2018-yil |
Joylashuvi | Toshkent |
Boshqaruv raisi | Firdavs Abduxoliqov |
Vebsayti | legacy.uz |
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (ingl. The World Society for the study, preservation and popularization of the cultural legacy of Uzbekistan) — Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va targʻib qilish bilan shugʻullanuvchi xalqaro notijorat madaniy va jamoat tashkiloti hisoblanadi.
U 2018-yilda Sankt-Peterburgda yaratilgan[1]. Dunyo boʻylab 400 dan ziyod olimlarni jipslashtiradi.
Jamiyatning maqsad va vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mutaxassislar, nashrlar, ilmiy-texnik innovasiyalar, texnologiyalar, foydali hujjatlarning xalqaro ilmiy almashinuviga koʻmaklashish.
- Muzey, arxiv va kutubxona jamgʻarmasini saqlash va hisobga olish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish.
- Yangi notijorat ta’lim resurslarini yaratishga koʻmaklashish.
- Xalqaro tadbirlarni oʻtkazish va tashkil etishda yordam berish.
- Muzeylar, arxivlar va kutubxonalar jamgʻarmalarining ochiqligi va ulardan foydalanish imkoniyatini ularni ommaviy namoyish qilish, bosma nashrlarda, elektron va boshqa ommaviy axborot vositalarida koʻpaytirish orqali ragʻbatlantirish.
- YUNESKO mezonlariga muvofiq ma’lumotlarni qidirish va qayta ishlash, nashriyot faoliyati hamda konservasiya va restavrasiya ishlari uchun xalqaro grantlar olishda olimlar va tashkilotlar koʻmaklashish.
- Nashriyot va ommaviy axborot vositalari faoliyatini amalga oshirish.
- Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrab-avaylash va ommalashtirish masalalarida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Jamiyat a'zolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur jamiyatga dunyoning turli burchaklaridan kelgan 400 dan ziyod sharqshunos olimlar, jamiyat va madaniyat arboblari a’zolarini tashkil etadi[2].
Jamiyat tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hukumat organi
- Ilmiy kengash
- Rahbariyat
- Kongress
Jamiyat loyihalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” 50 ta kitob-albomlarni nashr etish[3]
- Oʻzbekiston me’moriy epigrafiyasi[4]
- 100 ta bebaho qadimiy qoʻlyozmalarning faksimile nusxalarining nashr etish[5]
- “Oʻzbekiston madaniy merosi” yoʻnalishi doirasida tarixiy eksponatlar va qoʻlyozmalarni saqlashda ilgʻor ilmiy texnologiyalardan foydalanish[6]
- Xorijiy hamkorlar va BBC, 1-Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda madaniyat va tarixiy merosga oid hujjatli filmlarni suratga olish ishlarini tashkil etish[7]
- Xalqaro yillik kongress va media-tadbirlar[8]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ В Петербурге создано Всемирное общество по сохранению наследия Узбекистана
- ↑ Ученые Всемирного общества по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана приняли обращение к Президенту Узбекистана
- ↑ Шедевры культурного наследия Узбекистана описаны в 50 альбомах
- ↑ Фото: Секреты надписей на архитектурных памятниках Узбекистана
- ↑ Редчайшая рукопись «Хамсы» Алишера Навои будет издана в виде факсимильной копии и возвращена в Узбекистан
- ↑ Культурное наследие Узбекистана - фундамент Нового Ренессанса
- ↑ В Узбекистане снимают серию документальных фильмов о нематериальном культурном наследии
- ↑ Пятый конгресс Всемирного Общества