O‘zbekiston suzish federasiyasi
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Turi | sport federasiyasi |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1939-yil |
Rais | Quvondiq Sanaqulov |
Vebsayti | aquatics.uz |
O‘zbekiston suzish federasiyasi - ixtiyoriy asosda sportchilar, murabbiylar, havaskorlar, suv sporti faxriylari hamda suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, suv polosi va ochiq suv sporti turlari bo‘yicha faoliyat yurituvchi barcha jismoniy shaxslarni birlashtirgan nodavlat notijorat tashkilotdir.
O‘zbekiston suzish federasiyasi Osiyo suzish federasiyasi (AASF) va Xalqaro suzish federasiyalari (FINA) a’zosi hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1939-yilda O‘zbekistonda O‘zbekiston SSR suzish federasiyasi tashkil etildi[1]. 1960-yillarda Toshkentda (Jismoniy tarbiya instituti qoshida, Harbiy sport klubi boshchiligidagi “Mehnat” sport jamiyati) Navoiy viloyati va boshqa viloyatlarda ochiq va yopiq basseynlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Tez orada Babanina, Ustinova, Iskandarova, Konov, Zabolotnov kabi mamlakatimiz sportchilari turli musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishdi, shuningdek, Olimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etishdi.
Ayni paytda mamlakatda 200 dan ortiq suv havzalari mavjud. 1992-yilda yangi suzish federasiyasiga asos solindi, ammo bir muncha vaqt o‘tgach, u yana qayta tashkil etildi va suv sportining 4 ta turi tashkilotning yurisdiksiyasiga o‘tdi. Bularga: suzish, suv polosi, sinxron suzish va dayving kirdi[2].
Xalqaro suzish federasiyasi (FINA) misolida suv sporti turlari bo‘yicha malakali va ilg‘or sportchilarni tayyorlash uchun xalqaro amaliyot asosida federasiya tashkil etilgan.
O'zbekiston terma jamoalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Suzish (Wayback Machine saytida 2022-08-29 sanasida arxivlangan)
- Sinxron suzish (Wayback Machine saytida 2022-08-29 sanasida arxivlangan)
- Suvga sakrash (Wayback Machine saytida 2022-08-29 sanasida arxivlangan)
- Suv polosi (Wayback Machine saytida 2022-08-29 sanasida arxivlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tarix va yutuqlar (Wayback Machine saytida 2022-08-29 sanasida arxivlangan) Aquatics.uz
- ↑ Федерации водных видов спорта объединены в Федерацию плавания Gazeta.uz 28.02.2013