O‘zbekkosmos
AGENTLIK TASHKIL ETILISHI
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘zbekiston iqtisodiyotning turli sohalarida innovatsion kosmik texnologiyalardan foydalanish orqali mavjud ilmiy-texnik salohiyatni samarali amalga oshirish maqsadida 2019-yilning 30-avgust kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘gʼrisida”gi Farmoni imzolandi va unga muvofiq Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) tashkil etildi.
“O‘zbekkosmos”ning asosiy vazifasi sifatida quyidagilar belgilandi:
- kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
- O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
- kosmik faoliyat, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish
- kosmik faoliyat sohasining lozim darajada rivojlanishi, sohaga tegishli va u bilan bog‘liq ishlar, xizmat ko‘rsatishning bajarilishini ta’minlash maqsadida kosmik faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish
- kosmik tarmoq infratuzilmasi, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
- kosmik faoliyatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni, jumladan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish
- stratosfera va boshqa uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek erni masofadan turib zondlash va yo‘ldoshli aloqa kosmik apparatlarini qo‘llagan holda davlat organlariga masalalarni hal etish samaradorligini oshirishda ko‘maklashish
- kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish
- xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni kosmik faoliyat sohasiga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish
- kosmik va yo‘ldosh texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat tuzilmalari, ishlab chiqaruvchilar va moliya resurslarining keng jalb etilishini ta’minlash
- kosmik faoliyatning ayrim yo‘nalishlari tijoratlashtirilishini rag‘batlantirish
Mazkur Farmondan kelib chiqqan holda "2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonunchilik bazasini shakllantirish
- Yer usti kosmik infratuzilmasini rivojlantirish
- Kosmik tarmoqni rivojlantirish uchun kadrlarni tayyorlash tizimini tashkil etish
- Xalqaro hamkorlik
- Kosmik tarmoq yutuqlarini keng yoritish
Kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni qoʼllash orqali ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanishni yoʼlga qoʼyish maqsadida 2022-yilning 20-may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan agentlik muassisligida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” tashkil etildi.
Uning asosiy vazifasi sifatida quyidagilar belgilandi:
- kosmik monitoringni amalga oshirish;
- sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali erni masofadan zondlash, uning ma’lumotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish;
- kosmik sohaga oid xizmatlarni (kosmik faoliyat natijalarini qayta ishlash hamda uni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish, kosmik faoliyatga oid masalalar bo‘yicha konsalting xizmatlari va boshqalar) ko‘rsatish;
- kosmik sohaga ilmiy va innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida mazkur sohadagi ilmiy va innovatsion ishlarni amalga oshirish;
- kosmik va geoaxborot texnologiyalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida iqtisodiyot tarmoqlari, mudofaa va xavfsizlik sohalari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.
- Markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarga kosmik monitoring, sun’iy yo‘ldosh hamda uchuvchisiz uchish apparatlari orqali erni masofadan zondlash ma’lumotlarini taqdim etish va kosmik sohaga oid boshqa xizmatlar ko‘rsatish shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
“O‘zbekkosmos” agentligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-noyabrdagi “Kosmik tarmoqni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 2023-2024 yillarga mo’ljallangan davlat kosmik monitoringini amalga oshirish dasturi tasdiqladi.
Dasturning asosiy yo’nalishlari:
- Qishloq xo’jaligi sohasida – yerlardan foydalanishning joriy holati, ekinlarning turlari (paxta va bug’doy) hamda haqiqatda ekilgan ekin maydonlarini aniqlash, qishloq xo’jaligi erlarini o’zboshimchalik bilan egallash holatlarini hamda noqonuniy qurilgan bino va inshootlarni aniqlash. 2023-yilda Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ishlar amalga oshirildi. 2024-yilda respublikaning 8 ta viloyatiga tatbiq etildi.
- Yer munosabatlari sohasida – yer uchastkalarining o’zboshimchalik bilan egallab olinishi hamda o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishini aniqlash. 2023-yilda Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ishlar bajarildi. 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkazildi.
- O’rmon xo‘jaligi sohasida – o’rmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash, o’rmon yong’inlari oqibatlarida zarar yetkazilgan maydonlarni aniqlash, shuningdek o‘rmon fondi yerlarida er uchastkalarining o’zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash. 2023-yilda Samarqand,Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Andijon viloyatlarida ishlar bajarildi. 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasining 8 ta viloyatida o‘tkazildi.
- Geologiya sohasida – yer qa'ridan o’zboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash. 2023–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
- Ekologiya sohasida – mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, yangi paydo bo’lgan noqonuniy chiqindi zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yer uchastkalarining o’zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash. 2023-yilda Sirdaryo, Xorazm, Buxoro, Jizzax, Toshkent va Samarqand viloyatlarida viloyatlarida ishlar bajarildi. 2024-yilda respublikaning 12 ta viloyatida o‘tkazildi.
- Suv xo‘jaligi sohasida – suv omborlarining suv sathi rejimini va ularning loyqa oqiziqlar bilan to’lib borish dinamikasini monitoring qilish, suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalarining o’zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash. 2023-yilning oxirigacha O‘zbekiston Respublikasining 25 ta suv omborida kosmik monitoring ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbir 2024-yilda respublikaning 35 ta suv omboriga tatbiq etildi.
XALQARO HAMKORLIK
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kunda xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish “Oʼzbekkosmos” agentligi faoliyatining asosiy ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Bu dunyoning yetakchi kosmik agentliklari va kompaniyalari bilan tajriba, ilgʼor texnologiyalar va bilim almashish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qoʼmitasi
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyasi Hukumatlararo Maslahat qoʼmitasining Barqaror rivojlanish uchun kosmik texnologiyalardan foydalanish boʼyicha mintaqaviy dasturi
- Xalqaro astronavtika federatsiyasi
- Turkiy davlatlar tashkiloti
- MDH Davlatlararo kosmik kengashi
Xalqaro shartnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-oktabrga OʼRQ-775-son Qonuni bilan Kosmik fazo, shu jumladan Oy va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish boʼyicha davlatlarning faoliyat tamoyillari toʼgʼrisidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967 yil 27 yanvar) Oʼzbekiston Respublikasi qoʼshildi. Shartnoma 1966-yil 19-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va 1967-yil 27-yanvarda London, Moskva va Vashingtonda imzolangan. Hozirga qadar unga 114 ta davlat qoʼshilgan boʼlsa, Oʼzbekiston 115-ishtirokchiga aylandi.
Hukumatlararo darajada hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati oʼrtasida kosmik fazoni tadqiq yetish va undan tinch maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlik toʼgʼrisida Bitim;
- Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʼiston Respublikasi Hukumati oʼrtasida kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq yetish va foydalanish sohasida hamkorlik toʼgʼrisida Bitim;
- Oʼzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Frantsiya Respublikasi Kosmik tadqiqotlar milliy markazi oʼrtasida kosmik sohadagi hamkorlik toʼgʼrisida Hadli bitim.
- Oʼzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan Turkiya Respublikasi Sanoat va texnologiyalar vazirligi oʼrtasida kosmosdan tinchlik maqsadlarida foydalanish, kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʼgʼrisida ahdlashuv bayonnomasi.
Memorandumlar va ikki tomonlama shartnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Oʼzbekkosmos” agentligi Ozarbayjon kosmik agentligi, Pokiston Islom Respublikasining Koinot va yuqori atmosfera tadqiqotlari komissiyasi, Koreya aerokosmik tadqiqotlar instituti hamda
Airbus, OneWeb, Maxar, Voyager, Spasebuzz, Geo2, Synspective kabi kompaniyalar bilan bir qator oʼzaro anglashuv memorandumlarini imzolagan.
- Xorijiy OTMlar bilan ham kosmik texnologiyalar boʼyicha taʼlim sohasida faol hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.
- Kyushu texnologiya instituti (Yaponiya)
- Padua universiteti (Italiya)
- Moskva aviatsiya instituti (Rossiya) bilan oʼzaro anglashuv memorandumlari imzolangan. Bu kosmik sohada taʼlim sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladigan tajriba va ilgʼor bilim almashishga xizmat qilmoqda.
Xorijiy agentlik va kompaniyalar bilan hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Airbus (Fransiya)
- Maxar (AQSh)
- SpaceX (AQSh)
- OneWeb (Buyuk Britaniya)
- SSI Monaco (Monako)
- Synspective (Yaponiya)
- Esri (AQSh)
- BlackSky (AQSh)
- SpaceBuzz (AQSh)
- Ozarbayjon (Azercosmos)
- Turkiya (TUA)
- Birlashgan Arab Amirliklari (BAA kosmik agentligi)
- Qozogʼiston (Aerokosmik qoʼmita)
- Fransiya (CNES)
- AQSh (NASA)
- Pokiston (SUPARCO)
- Xitoy (CNSA)
- Isroil (ISA)
- Malayziya (MYSA)
- Tailand (NSTDA)
- Yaponiya (JAXA)
- Koreya (KARI)
“O‘ZBEKKOSMOS” AGENTLIGI BOSHQARUVI
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kadirov Shuxrat Munavvarovich - O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori
“O‘ZBEKKOSMOS” AGENTLIGI TARKIBIY BO’LINMALARI
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibragimov Muxiddin Samariddin oʻgʻli - Aerokosmik faoliyat va kosmik monitoring tizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
- Abdullayev Davron Xamidullayevich - Mudofaa va xavfsizlik sohasida idoralararo hamkorlik bo'limi boshlig'i
- Xashimov Sardor Ikrom oʻgʻli - Kosmik sohada tadqiqotlar va ilm-fanni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
- Nasrullayev Shohruh Nig'matilla o'g'li - Kosmik sohada qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo'limi boshlig'i
- Rasulov Ismoil Saʼdulla oʻgʻli - Kosmik sohada innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘limi boshlig‘i
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda O‘zbekkosmos mavzusiga oid fayllar bor. |