Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston temir yoʻllari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(O’zbekiston temir yo’llaridan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekiston temir yoʻllari[1]
Turi national railway
Qachon asos solingan 1994
Hududiy xizmati Oʻzbekiston Respublikasi
Boshqaruv raisi Narzullayev Zufar Gʻiyasovich
Ishchilar soni 64000
Vebsayti Railway.uz
Til(lar)i Oʻzbek tili, Rus tili, Ingliz tili

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" Aksiyadorlik Jamiyati – Oʻzbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri.

„Oʻzbekiston temir yoʻllari“ Aksiyadorlik Jamiyati 1994 yil 7-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi xududida joylashgan sobiq Oʻrta Osiyo temir yoʻllari negizida tashkil etilgan. Jamiyatning asosiy yoʻllarining umumiy uzinligi bugungi kunda 7500 kilometrdan oshdi [1]. Jamiyatda 64 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Jamiyatning yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasining 90% ga yaqinini tashkil etadi.

1994-yilning 7-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-982 sonli farmoni asosida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻl transporti tarmoq qismlarning, korxona, tashkilot va muassasalari tarkibida, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi tashkil etilgan[2].

2001 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan va Vazirlar Mahkamasining temir yoʻl transportini isloh qilish boʻyicha Davlat dasturiga muvofiq, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat unitar korxonasi, 100% davlat ulushi boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyatga aylantirildi.

Sohaning asosiy vazifalari yagona temir yoʻl transport tarmogʻini modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish, qatnayotgan temir yoʻl texnikalarni yangilash va oʻzining taʼmirlash bazasini yaratish, dunyo bozoriga chiqish uchun imkon beradigan muqobil transport yoʻlaklarini izlab topish, tranzit yuk va boshqa qoʻshimcha hajmlarini jalb qilish va hokazo belgilab berilgan.

Bu bilan infratuzilmani, Yagona dispetcherlik markazi, lokomotiv hoʻjaligi, yuk hujjatlari bilan ishlash boʻlinmalari va qutqaruv-qayta tiklash ishlari boʻlinmalarini xususiylashtirishmaslik belgilangan. Shu bilan bir vaqtda, tovar-yuk va yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanuvchi korxonalar, yoʻlovchi va yuk joʻnatuvchilariga transport-ekspeditorlik va servis xizmatini koʻrsatuvchi, turli hil servis kompaniyalari va hokazolar turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil qilinishlari va raqobat asosida faoliyat olib borishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi №PQ-4720 sonli qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida hamda 2015 yil 3 apreldagi kompaniya Kengashi va yagona aksioner umumiy yigʻilishida „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ Davlat aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ Aksiyadorlik Jamiyatiga oʻzgartirildi.

Ayni paytda, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ yigʻma balansida infratuzilma va harakatlanuvchi tarkib (yuk vagonlari va lokomotivlar) boʻlgani sababli vertikal integrashlashgan jamiyat hisoblanadi.

Jamiyat tarkibiga yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan 6 ta Mintaqaviy temir yoʻl uzellari kiradi. Ularga stansiyalar, yoʻl masofalari, signalizasiya va aloqa, energotaʼminot, lokomotiv va vagon depolari, vagonlarni texnik va tijorat tekshirish punktlari kiradi.

2002 yilda islohot jarayonida, bir qator korxonalar Ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga oʻzgartirildi: konteynerlarda yuk tashish boʻyicha „Oʻztemiryoʻlkonteyner“OAJ, muzlatgich boʻlimlarda tez buziluvchan mahsulotlarni tashish boʻyicha „Yoʻlreftrans“ OAJ, xalqaro, mahalliy va shahar atrofiga yoʻlovchilarni tashish boʻyicha „Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi“ OAJ, yuk vagonlarini taʼmirlash boʻyicha „Oʻztemirvagon“ OAJ, yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash boʻyicha „TashVQTZ“ OAJ.

Olib borilayotgan islohotlar menejmentni takomillashtirishga, boshqaruvning korporativ usullarini joriy etishga, koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmining oshishiga, ularning sifatini oshirishga, investitsiyalarni jalb qilishga, sof daromadni oshirishga va asosiy kapitalga kapital qoʻyilmalarning muayyan oʻsishiga sabab boʻldi.

Mustaqillik yillari davomida Oʻzbekistonda yangi poʻlat izlarni (magistral) shakllantirish boʻyicha ulkan ishlar qilindi. Qizilqum choʻllarida Navoiy-Uchquduq-Sultonuvaystogʻ-Nukus temir yoʻllari qurildi, Amudaryo orqali temir yoʻl-avtomobil qoʻshma koʻprigi barpo etildi, murakkab togʻ sharoitida Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻli qurildi.

Biz mavjud boʻlgan temir yoʻl tarmogʻini modernizatsiyalashga ham muhim ahamiyat beramiz. Osiyo tarraqiyot bankining jalb qilingan mablagʻlari evaziga 2 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi va Toshkent-Samarqand-Buxoro uchastkasida yoʻllar qayta tiklandi, Keles-Buxoro uchastkasida 600 kmdan ortiq boʻlgan uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish yakunlandi. Toʻqimachi-Angren temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish ishlari yakunlandi. Yangi Yangiyer-Jizzax va Yangiyer-Farhod temir yoʻl liniyalarini qurish ishlari yakunlandi.

Jamiyat lokomotiv parklarini, yoʻlovchi va yuk vagonlarini yangilash boʻyicha bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ korxonalarida yoʻlovchi va yuk vagonlarini seriyali ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Bu, hususan, havoni sovitish moslamasi bilan jihozlangan kupeli vagonlar, yuk vagonlarining eng katta talabga turlari – yopiq, neft mahsulotlari uchun sisternalar, yarimvagonlar va boshqalar.

Yuk va yoʻlovchi vagonlarini ishlab chiqarish uchun tegishli litsenziya va sertifikatlar olingan, vagonlar standartlarga va 1520 mm li temir yoʻl oraligʻi talablariga javob beradi, sanoat korxonalarida sifat menejmenti tizimi ISO 9001-2000 joriy qilingan. Hozirgi vaqtda vagonlar MDH mamlakatlari temir yoʻllari orqali harakatlanyapti.

Temir yoʻlda elektr tortishning teplovoz tortishga nisbatan ishonchli va samaradorligiga shubha yoʻq. Umuman olganda, elektrovozlar oddiyroqdir, ekspluatatsiya qilish jarayonida qulayroq va ayniqsa shahar sharoitida muhim omil boʻlgan narsa- atrof muhitni kamroq ifloslantiradi.

Oʻzbekiston temir yoʻllarni doimiy oqimda elektrlashtirish 1971 yilda boshlangan. Xorijiy investitsiyalar va „Oʻzbekiston temir yoʻllari“AJning oʻz mablagʻlari evaziga amalga oshirilgan soʻnggi loyihalaridan biri Toʻqimachi temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish edi. Ushbu temir yoʻl uchastkasini foydalanishga topshirish evaziga elektrlashtirilgan uchastkalarning umumiy uzunligi 1601 km ga yetdi.

Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud boʻlgan dizel tortishni oʻzgaruvchan tokli elektr tortishga oʻzgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yoʻl liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga oʻtishni yakunlashga olib keladi.

Butun uchastka boʻylab yangi texnologiyalar- SCADA masofadan boshqarish tizimi, aloqa tizimi, tortish podstansiyalari, mikroprotsessor markazlashtirish tizimi, oʻq va telekommunikatsiya electron hisoblash tizimlari joriy qilingan. Elektr taʼminot tizimi poezdlarning soatiga 160 kmgacha tezlik bilan harakatlanishini hisobga olgan holda qurilgan.

Qurilish paytida umumiy uzunligi 265 m boʻlgan 3 ta koʻprik, 2258 ta elektr minoralar, elektr podstansiyalar, poezdlar harakat xavfsizligini taʼminlovchi zamonaviy uskunalar va nazorat asboblar bilan jihozlangan navbatchi punktlari va markazlashtirilgan elektrtaʼminot postlari uchun 6 ta bino va inshootlar barpo etildi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi ekspluatatsiya harajatlarini 1.8 barobar kamaytirishga, mintaqada ekologik vaziyatni yahshilash va 50 ta qoʻshimcha ish oʻrinlarini ochish bilan bandlik muammosini hal qilishga sabab boʻldi. Yangi elektrlashtirilgan boʻlim temir yoʻllarning oʻtkazuvchanlik salohiyatini oshirdi, yuk va yoʻlovchilarni yetkazib berish vaqtini qisqartirdi, dizel yoqilgʻisini harajatlarini kamaytirdi.

Hozirgi vaqtda Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkalarini elektrlashtirish, yangi eletrlashtirilgan Angren-Pop liniyasini qurish investitsion loyihalari amalga oshirildi.

2016 yilning 22 iyunda Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yoʻli hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yoʻli hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimining eng muhim ahamiyatga ega tomonlaridan biri, ushbu marosimda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etgani boʻldi. Jahonga mashhur ikki davlat rahbarlari „Oʻzbekiston“ yoʻlovchi poezdining Qamchiq tunnelidan oʻtishiga ruxsat beruvchi semaforni yoqish uchun maxsus tugmani bosganliklarini butun dunyo kuzatib turdi.

Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyasini barpo etishdan maqsad ham nafaqat Fargʻona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari oʻrtasida temir yoʻl orqali yuk va yoʻlovchi tashish imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa yangi xalqaro tranzit temir yoʻl koridorining eng muhim boʻgʻini boʻlishi nazarda tutilgan edi. Uzunligi 123,1 kilometr boʻlgan Angren – Pop temir yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi. Ushbu qurilish jarayonlari davomida oʻzbekistonlik temiryoʻlchilarning salohiyatiga xitoylik mutaxassislar qoyil qolishdi, xitoyliklarning mahoratiga oʻzbekistonliklar tasannolar aytishdi. Katta mehnat gʻalabasiga har ikki tomonning yuksak mehnati, hamjihatligi tufayli muddatidan avval erishildi.

2017 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Aynan ana shu anjumanda Davlatimiz rahbari Xitoyning „China Railway Tunnel Group“ kompaniyasiga Angren – Pop temir yoʻlining Qamchiq dovoni qurilishining muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mazkur tashrif doirasida koʻplab sohalar, xususan, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati bilan XXRning etakchi quruvchi kompaniyalari oʻrtasida samarali kelishuvlarga erishildi.

Bugungi kunda ushbu temir yoʻl orqali Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishida har kuni zamonaviy tezyurar yoʻlovchi poezdlari aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon yoʻnalishida haftasiga ikkita yoʻlovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yoʻnalishlarida yoʻlovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada oʻnlab yuk poezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yoʻli orqali oʻtib, yuklarni oʻz manziliga etkazmoqda.

Xususan, mazkur temir yoʻl orqali, bir yil davomida 413 ming 162 nafardan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatild, 7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

„Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashishni takomillashtirish maqsadida hukumat koʻmagida „Yoʻlovchi lokomotivlar parkini yangilash“ investitsion loyihasini amalga oshirish yakunladi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida lokomotiv parki 15 ta yoʻlovchi elektrovozlarga koʻpaydi.

Loyihani amalga oshirish poezdlar harakatini 100 kmdan 160 km tezlikkacha oshirish hisobiga yoʻlovchilarning safar vaqtini qisqartirishga sabab boʻldi va boshqa transport turlariga nisbatan temir yoʻl orqali yoʻlovchi tashish afzalligini taʼminladi. Elektrovozlarga yetkazib beriladigan asinxron dvigatellar (ASD)ni qoʻllash poezdlarni tortish uchun ishlatiladigan elektr quvvat isteʼmolini 22% ga qisqartirishga olib keldi.

Bundan tashqari, rekuperativ tormozlanishni qoʻllash iqtisod qiligan elektr quvvatning tortish tarmogʻiga qaytib kelishini taʼminlaydi, bu poezdlarni tortish uchun ishlatiladigan elektr quvvat harajatlarini kamayishiga olib keladi.

Yangi elektrovozlarning taʼmir aro umumiy yoʻl bosish koʻrsatgichlaridagi yuqori ekspluatatsion tavsiflari, elektrovozlarni texnik xizmat koʻrsatish harajatlarini yogʻ-moy va boshqa yonilgʻi komponentlarini kam isteʼmol qilish hisobidan amalda yarim baravarigacha qisqartiradi.

Yangi Toshguzar –Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasi togʻli hududda qurilgan birinchi liniya hisoblanadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiiy chegarasi vazifasini oʻtovchi 1800 m balandlikdagi togʻni kesib oʻtadi. 10-18.5% qiyalikdagi yoʻllarning uzunligi tahminan 64 kmni tashkil etadi, 5-10‰ qiyalikda tahminan 35 km. Yangi temir yoʻl qurilish trassasida 37 ta koʻprik, galereya va tunnel barpo qilingan.

Koʻprik qurilish zonalari kuchli ajralma relefli Hisor toʻg tizmalari bilan ifodalanadi. Akravat dovoni yaqinida trassa Chashmaihafizan, Akravat, Shoʻrab, Sherobod Daryo vodiylari boʻylab oʻtadi. Togʻ qiyaliklari asosan 1.3-1 tikkalikka, daryo vodiylari- baland choʻqqilarning keskin oʻzgarishlari va juda tik togʻ yon bagʻirlari 18,5‰ qiyalikka egadirlar.

Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, mamlakatda uzun metall koʻpriklarning qurilishi ilk bor amalga oshirilgan edi. Bizning mamlakatimizda metall ishlab chiqarish va oʻrnatish tajribasi bundan oldin faqat bir misol bilan bogʻliq boʻlgan va u Amudaryo ustidan oʻtkazilgan koʻprikdir.

Yangi liniyalarda metal koʻpriklarning qurilishi sifat nazorati va qurilish jadvaliga rioya qilish uchun yetarli tajribaga ega boʻlgan Yaponiya kompaniyalari texnologiyalari yordamida oʻzlashtirildi.

Yangi Toshguzar – Boysun – Qumqoʻrgʻon temir yoʻlining ishga tushirilishi turli sanoat sohalarining rivojlanishda, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari transport xizmatlari rivojlantirishda, Respublikaning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashda, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samaradorlikni oshirish hamda sezilarli darajada transport va iqtisodiy aloqalarni butun chizmasini oʻzgartirishda qulay shart-sharoitlar yaratib beradi.

Yangi temir yoʻl liniyasi qurilishini amalga oshirishning muhim natijasi bu loyihaning toʻliq Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari tomonidan amalga oshirilganligidir. Turli darajadagi rahbarlar, dizaynerlar, muhandislar, quruvchilar, montajchilar, turli ixtisoslikdagi ishchilar, haydovchilar, mexaniklar va temir yoʻl qurilishida ishtirok etgan boshqa mutaxassis ishchilar baland toʻglarda qiyin iqlim sharoitida qurilish ishlari, koʻpriklar, galereyalar va boshqa murakkab inshootlarni qurish-montaj ishlarini olib borish sohasida bebaho tajriba orttirdilar.

Quruvchilar zamonaviy texnologiyalar va usullar bilan ish koʻnikmalarini olishgan, ular turli uskunalar bilan ishlashni oʻzlashtirishdi. Bu temir yoʻl infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun muhim hissa boʻladi chunki Afgʻonistondagi Hayraton - Mozori Sharif yangi temir yoʻl liniyasi qurishda ushbu orttirilgan tajriba mutaxassislarga as qotdi.

2003 yil iyun oyida, Afgʻoniston, Eron va Oʻzbekiston prezidentlari Transafgʻon transport yoʻlagi tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzoladi. Bu masalani Afgʻoniston yirik shaharlarini ulaydigan Hayraton- Mozori Sharif – Hirot – Qandahor yoʻnalishi boʻyicha yangi temir yoʻllar qurish bilan hal qilinishi mumkin va Oʻzbekiston va Eron avtomagistrallariga chiqishni taʼminlaydi. Kelajakda Pokistonga chiqadigan Mozori Sharif-Qobul yoʻnalishida temir yoʻl qurilishi mumkin, natijada Oʻzbekiston orqali Afgʻoniston 3 ta yirik mintaqani bogʻlaydi, shimolda Turkmaniston, Qozogʻiston, Rossiya, sharqda Pokiston va Hindiston hamda gʻarbda Eron.

„Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ va Afgʻoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Hayraton- Mozori Sharif temir yoʻl qurish loyihasi shartnomasi imzolandi. Qurilishga rasmiy start 2010 yil 22 yanvarda berildi, 2010 yil 4 noyabrda temir yoʻl buyurtmachiga topshirildi. Bu temir yoʻl liniyasini qurishda „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJning Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirgan birinchi loyihasidir. Loyiha Afgʻoniston Oʻzbekiston chegarasida Hayraton temir yoʻl stantsiyasi va Mozori Sharif shahri oʻrtasida yangi bir yoʻlli temir yoʻl liniyasini qurish, Hayratondagi stantsiyani modernizatsiya qilish, Mozori-Sharif aeroporti yaqinida ayri yoʻl(raz’ezd) qurish va yangi yuk hovlining qurilishini oʻz ichiga oladi.

Bu liniyaning uzunligi 75 km, yoʻlning ustki qatlamini yotqizish-105 km, shuningdek buning ichida 20 km stantsiya yoʻllari. Trassa sugʻorilmaydigan zonada trassa boʻylab 9‰ maksimal qiyalikda hudud tekisliklaridan oʻtadi, 5 stantsiya va 34 dona sunʼiy inshootlar qurilgan. Hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda qum uyumlairdan himoya qilish qurilmalari barpo etildi.

Hayraton – Mozori-Sharif yangi temir yoʻl liniyasi Afgʻonistonning eng rivojlangan va aholi zich joylashgan shimoliy viloyatlarini temir yoʻl tashishlarini taʼminlamoqda va mintaqada qishloq xoʻjaligi, sanoat, tabiiy gaz va gidroenergetika rivojlantirishga hissa qoʻshadi. Temir yoʻl Afgʻonistonning shimoliy viloyatlari va Oʻzbekiston oʻrtasida minimal chiqim bilan yuk tashishni amalga oshirishni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning boshqa davlatlari bilan ham. Bundan tashqari, temir yoʻl taxminan 1,5 ming kishini doimiy ish joyi bilan taʼminlaydi.

Ushbu temir yoʻl uchastkasini qurish kelajakda Shibergan, Anhoy, Maimana va Hirot orqali oʻtadigan Transafgʻon yoʻlagining yaratilishidagi birinchi bosqich boʻlib, keyinchalik Afgʻoniston va Oʻzbekistonga Bandar Abbos va Chahbahar (Eron), Karachi (Pokiston) portlariga chiqish imkonini beradi. Bu yoʻlak orqali toʻgʻridan toʻgri temir yoʻl harakatini tashkil qilish Janubi-Sharqiy Osiyodan kelayotgan yuklarni Yevropaga Uzoq Sharq temir yoʻl koridorlarga nisbatan qisqaroq yoʻl orqali tashish imkonini beradi.

Poezdlarning tezligini oshirish temir yoʻl transportining asosiy vazifalaridan biri boʻlgan. Globallashuv va yuqori texnologiyalarning rivojlanish sharoitida temir yoʻl orqali tashish xalqaro va mahalliy transport aloqalarida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni, yaxshi yoʻlga qoʻyilgan transport koʻmagisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Sanoat korxonalari, qurilish va qishloq xoʻjaligining mehnat faoliyati, odamlarning kayfiyati va ularning mehnat samaradorligi koʻp jihatdan uning aniqliligi va ishonchliligiga bogʻliqdir.

Yoʻlovchi tashish temir yoʻl faoliyatining muhim qismidir. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ mijozlarga xizmat koʻrsatish darjasini oshirish va yoʻlovchi transportlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqda.

Oʻzbekiston kompleks transport tizimida yoʻlovchi temir yoʻl transporti aholiga xizmat koʻrsatishda yetakchi oʻrinni egallaydi. Yoʻlovchilarni tashish texnologik jarayoni aholiga ommabop xizmat koʻrsatish bilan uzviy bogʻliqdir. Bu aholining tashishlardagi ehtiyojlari va transport vositalari mavjudligi oʻrtasida muvozanatni saqlab qolishni doimo talab qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati yoʻlovchi tashish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratganligi bois, Ispaniya tomonidan Toshkent-Samarqand yoʻnalishi boʻylab tezyurar yoʻlovchi tashish tashkil qilish boʻyicha taklif kiritildi.

2009 yilning iyul oyida, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ va „Talgo“ kompaniyasi oʻrtasida temir yoʻl sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.

Bu Memorandum asosida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida tezyurar temir yoʻl yoʻlovchi tashish tashkil etish loyihalar va qoʻshma tadqiqotlarda, shuningdek, yuqori tezlikdagi „Talgo“ yoʻlovchi poezdi sotib olish haqida hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Yangi tezyurar poezd nomi Afrosiyob bu – Samarqand viloyatida joylashgan qadimiy shahar sharafiga qoʻyildi.

2011 yil 8 oktyabrdan „Afrosiyob“ (Ispaniya kompaniyasi Talgo) tezyurar poezdi Toshkent-Samarqand-Toshkent 161/162 sonli xabar bilan ishga tushirildi.

Yangi tezyurar poezd bu marshrut orqali xizmat koʻrsatadigan boshqa elektr poezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari oʻrtasida harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi „Afrosiyob“ poezdi ikki soat va oʻn besh daqiqa ichida 344 km temir yoʻl masofasini bosib oʻtadi. Maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.

„Afrosiyob“ tarkibiga 2 ta lokomotiv va 9 ta qulay vagonlar kiradi:

  • 2 VIP klass vagon (vagonda 11 oʻrin);
  • 2 Biznes klass (vagonda 26 oʻrin);
  • 4 ekonom klass (vagonda 36 oʻrin);
  • 1 vagon-bistro

Poezdga zamonaviy koʻrinishni, avvalo, uning aerodinamik, taʼsir bosim toʻlqinlar va yon shamollar uchun optimallashtirgan dizayni beradi. Elektro poezd uzunligi 157m ni, balandligi 4 m ni tashkil qiladi. Barcha salonlari yumshoq, qulay yonboshlaydigan oʻrindiqlar va oʻrnatilgan stol, shuningdek video koʻrish uchun monitor bilan jihozlangan. Poezdning barcha hududlari chekmaydiganlar hududi hisoblanadi.

Vagonlarning barcha salonlari kiyim uchun ilgichlar va katta yuk saqlash uchun joy, shuningdek anʼanaviy yuk javonlari bilan jihozlangan. Vagonda nogiron insonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, uchinchi vagonda nogironlar aravachasini joylashtirish uchun temir yoʻl xodimini chaqirish tugmasi oʻrnatilgan maxsus tutqichli joylar ham mavjud. Poezd hududida pollarning bir xil balandlikda boʻlgani nogironlar aravachasini tashishga yordam beradi.

Jamiyat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xarita
Afrosiyob

„Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ Oʻzbekiston respublikasi hududida joylashgan sobiq Oʻrta Osiyo temir yoʻllari bazasida 1994 yil 7 noyabrda tashkil topgan. Umumiy temir yoʻl uzunligi 3645 kmni tashkil etadi. Jamiyatda 54.7 mingdan ortiq xodimlar faoliyat koʻrsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi transportlarning yuk ayirboshlashi qoʻshilmasining 90% tashkil etadi.

Hozirgi kunda jamiyat tuzilamasi tubdan isloh qilinmoqda. Alohida eʼtibor muayyan sohalarni hususiylashtirishga qaratilmoqda.

Jamiyatning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardir:

  • tarqatish va temir yoʻl orqali yuklarni yetkazib berish;
  • temir yoʻl vagonlarini sozlash va texnik xizmat koʻrsatish;
  • yoʻlovchi, sayyohlik tashishlar;
  • xizmat koʻrsatish, lokomotiv va vagon parkini yangilash.

Jamiyat uchun ustuvor yoʻnalish quyidagi sarmoya loyihalarini amalga oshirish hisoblanadi:

  • optik tolali liniyalar yordamida aloqa kanallarini mustahkamlash;
  • yangi harakatlanuvchi tarkib sotib olish (elektrovoz va vagonlar) hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish;
  • yangi temir yoʻl liniyalarini qurish;
  • temir yoʻllarni elektrlashtirish;
  • yoʻllarni kapital taʼmirlash loyihalarini amalga oshirish, jamiyat zavodlarida yoʻlning ustki qurilmasi elementlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish va h.z

Jamiyatda sarmoyaviy qoʻllab quvvatlashni talab qiladigan bir necha loyihalar mavjud boʻlib, ular amalga oshirilgan taqdirda sarmoyachiga katta foyda olib kelishni vaʼda qiladi.

„Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ 1993 yildan beri Temir yoʻl Hamkorlik Tashkiloti aʼzosidir. Jamiyat Xalqaro Temir yoʻllari Ittifoqi va Osiyo va Tinch okeani hududidagi BMTning Iqtisodiy komissiyasi bilan uzviy aloqaga ega.

„Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ TRASEKA(Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport koridori) loyihasining Yevropa Ittifoqi Komissiyasi TASIS dasturi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Xalqaro faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl transporti qoʻshni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi, hozirgi kunga kelib „Oʻzbekison temir yoʻllari“ AJ nafaqat MDH mamlakatlari aʼzolari bilan balki chet el mamlakatlari bilan temir yoʻl sohasida hamkorlik toʻgʻrisida ikki tomonlama kelishuvga egadir.

Jamiyat shuningdek Halqaro temir yoʻl ittifoqi (UIC, Fransiya), BMTning Osiyo va Tinchokeani hududi va Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UNESCAP), Osiyo tarraqiyot banki doirasida Markaziyosiyo hududiy iqtisodiy hamkorlik (CARES), temir yoʻl tashkilotlari hamkorligi (OSJD, Polsha), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO, Iran), MDHga aʼzo davlatlarning temir yoʻl transporti boʻyicha kengashi kabi tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi.

Oʻzbek temir yoʻllarining zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlanganligi, geografik joylashuvi Yevropa-Osiyo xabarlarida muhim boglovchi omil hisoblanadi. U Xitoy, Yaponiyani MDH mamlakatlari, Eron, Turkiya va Yevropa bilan transport aloqalarini taʼminlashda mihim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy Ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekiston Respublikasi va uning temir yoʻllari muhim ahamiyatga ega oʻrin egallaydi, yoki biz temir yoʻlchilar tili bilan aytganda, TRASEKA transport yoʻlagi, Osiyodan Yevropaga qisqa va arzonroq yoʻnalish hisoblanadi.

2006 yil noyabr oyida Pusan shahrida (Janubiy Korea) transport boʻyicha Xalqaro konferentsiya oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston temir yoʻl maʼmuriyati rahabari tomonidan Transosiyo temir yoʻllari tarmogʻi boʻyicha hukumatlararo kelishuvi imzolandi. Agar transosiyo temir yoʻllari doirasidagi hamkorlikning amaliy ahamiyatini eʼtiborga olinsa, hamda Oʻzbekiston Respublikasi geografik joylashuv sababiga koʻra dengiz portlariga toʻgʻridan toʻgʻri chiqishga ega emasligi, ushbu hujjatning imzolanishi Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini temir yoʻl transporti taʼminoti takomillashuviga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJning xalqaro turistik yarmarkalarda ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega, bu yarmarkalarda Hamdoʻstlik va chet el mamlakatlarining yuzlab mashhur turistik firmalari taqdim etilgandi. Bu savdo maydonlarida jamiyat nomidan „Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi“ AJ temir yoʻl transportida turistik tashishlarni tashkillashtirish sohasida oʻz imkoniyatlarini koʻrsatmoqda. Bu imkoniyatlardan biri bu jahon standartlarining barcha talablariga javob beradigan yangi rusumdagi yoʻovchi vagonlarda yoʻlovchilarni tashish hisoblanadi. „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ turli xalqaro tashkilotlar, firmalar, kompaniyalar, MDH davlatlari temir yoʻl maʼmuriyatlari, Boltiq va uzoq xorij vakillarini qabul qiladi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik, tashishlarni tashkil qilish, material va ehtiyot qismlar bilan taʼminlash, yangi liniyalar va inshootlarni qurish, investitsiya dasturi va koʻpgina boshqa masalalarkoʻrib chiqilmoqda.

Hozirda Butunjahon Banki, Osiyo tarraqiyot banki, Yapon xalqaro hamkorlik agentligi(JICA), Yevropa qayta qurish va rivojlanish banki (EBRR), KfB Banki(Germanya), Eksimbank (KXR) jamiyatning jiddiy hamkorlari boʻlib kelmoqda. Shu bilan birga „Patentes Talgo L. S.“ (Ispaniya), „Jeysmar“ (Fransiya), „Plasser end Toyrer“ (Avstriya), „CNTIC“ va „CRTG“(Xitoy), „BELAM“ (Latviya), "Sumimoto, „Marubeni“, „Shimidzu“, „Kanimatsu“ (Yaponiya) va boshqa mashhur firmalar tomonidan jamiyatga katta qiziqish bildirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi mintaqa ichida joylashganligi sababli, biz xalqaro tashish sifatini oshirgan va yetkazish muddatlarini qisqartirgan holda, bu sohada hamkorlikni rivojlantirishga harakat qilamiz.

Jamiyatda olib borilayotgan ish koʻlami shuni koʻrsatadiki, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ transport xizmatlari bozorida ishonchli va barqaror hamkor hisoblanadi.

<ref>{{Veb manbasi |url=https://railway.uz |sarlavha="O'zbekiston temir