Kontent qismiga oʻtish

Hayraton (shahar)

Koordinatalari: 37°13′1″N 67°25′01″E / 37.21694°N 67.41694°E / 37.21694; 67.41694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hayraton
shahar
Skyline of Hayraton
37°13′1″N 67°25′01″E / 37.21694°N 67.41694°E / 37.21694; 67.41694
Mamlakat Afgʻoniston
viloyat Balx
tuman Kaldar
Hukumat
Markazi balandligi 300 m
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
Hayraton xaritada
Hayraton
Hayraton

Hayraton (dariycha: حیرتان; pushtucha: حیرتان) Afgʻonistonning Balx viloyatidagi chegara shahar[1]. Hayraton quruqlik porti va chegara posti shaharning sharqiy qismida joylashgan. Amudaryo boʻyida joylashgan, maʼmuriy jihatdan Kaldar tumani tarkibida. Daryo qoʻshni Oʻzbekiston bilan chegarani hosil qiladi va ikki mamlakat Oʻzbekiston-Afgʻoniston doʻstlik koʻprigi orqali bogʻlangan. Oʻzbekistonning Termiz shahri Hayratonning shimoli-gʻarbida, Amudaryoning narigi qirgʻogʻida joylashgan.

Hayraton Afgʻonistondagi yirik transport, joʻnatish va qabul qilish joylaridan biri hisoblanadi[2][3][4][5]. Afgʻoniston va Oʻzbekiston xalqlari oʻrtasida rasmiy chegara oʻtish nuqtasi sanaladi. Shahar atrofidagi xavfsizlik Afgʻoniston milliy xavfsizlik kuchlari tomonidan taʼminlanadi. Barcha chet ellik sayohatchilar Afgʻonistonga kirish uchun amaldagi sayohat vizasiga ega boʻlishi kerak.[6][7]. Afgʻoniston fuqarolari Termizda 10 kungacha vizasiz qolishlari mumkin boʻlgan[8].

Amudaryo atrofidagi hudud Baqtriya–Margʻiyona arxeologik majmuasi tamaddunlari tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan, Hayraton atrofi esa Andronovo madaniyati tomonidan hind-eron migratsiyasining dastlabki davrida muhim ahamiyat kasb etgan. 1990-yillar boshida Hayratonda general Abdulmoʻminning 70-diviziyasi joylashgan boʻlib, u Abdul Rashid Doʻstumning Afgʻoniston Milliy islomiy harakati bilan erkin aloqada boʻlgan. Abdulmoʻmin 1994-yilda RPG raketa hujumi natijasida oʻlganidan soʻng, 70-diviziya boʻlindi va Doʻstumga sodiq boʻlgan general-polkovnik Hiloliddin qoʻmondonlikni oʻz qoʻliga oldi[9].

Hamid Karzay prezidentligi davrida shahar Afgʻoniston uchun muhim strategik ahamiyat kasb etdi. NATO tomonidan oʻqitilgan Afgʻoniston milliy xavfsizlik kuchlari xavfsizlikni taʼminlash va chegaradagi faoliyatni davom ettirish uchun bazalar yaratgan. Afgʻoniston chegara politsiyasi chegarani qoʻriqlash bilan shugʻullanadi, Afgʻoniston milliy bojxona boshqarmasi esa barcha savdo faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi. Ularni Afgʻoniston Qurolli Kuchlari qoʻllab-quvvatlamoqda.

Afgʻoniston chegara politsiyasi xodimlari Hayraton chegara punkti yaqinidagi lokomotivni tekshirmoqda.

Hayratondagi yuk terminali Afgʻonistondagi uchta temir yoʻl liniyalaridan biri – Termizgacha 10 km uzunlikdagi temir yoʻlning oxiri hisoblanadi[10]. 2010-yil yanvar oyida Hayratondan Mozori-Sharif shahri yaqinidagi Goʻri Mar terminaligacha boʻlgan 75 km temir yoʻl liniyasi qurilishi boshlandi. Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining transport strategiyasi va harakat rejasining bir qismi boʻlgan loyiha shartnomaga koʻra 2011-yilning iyuniga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan edi[11][12], biroq muddatidan oldin, 2010-yil noyabrida yakunlandi[13].

2010-yil may oyida oʻsha vaqtdagi AQSh elchisi Karl Eikenberry, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti, bir nechta afgʻon vazirlari hamda Yaponiya, Finlandiya va Oʻzbekistondan kelgan elchilar ishtirokida Hayraton temir yoʻlining ochilishiga bagʻishlangan rasmiy lenta kesish marosimida ishtirok etdi. AQSh va Yaponiya OTBning ikkita eng yirik aksiyadoriga aylandi. Temir yoʻl gʻarbda Eronni hamda Tojikistonni sharqdagi qoʻshni Qunduz viloyatining Sherxon Bandar liniyasi orqali bogʻlash rejalashtirilgan yirik temir yoʻl tarmogʻining birinchi bosqichi boʻldi. Ushbu kelajakdagi liniyalar shimoliy Afgʻoniston orqali temir yoʻl koridorini yaratadi va Tojikiston hamda Oʻzbekistondan kelayotgan yuklarni Fors koʻrfazi portlariga temir yoʻl orqali yetkazish imkonini beradi[14][15][16].

2023-yilda Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi (ARA) Hayraton—Mozori-Sharif temir yoʻl xizmatini oʻz nazoratiga oldi[17][18]. Ayni paytda Termiz shahrida afgʻon savdogarlariga sayohat vizasisiz 10 kungacha qolish imkonini beruvchi Termiz xalqaro savdo markazi ochildi[8]. Afgʻonistonning boshqa viloyatlaridan koʻplab odamlar Hayratonga shaxsiy dam olish maqsadida, ayniqsa qish mavsumida tashrif buyurishadi[1].

  1. 1,0 1,1 „Balkh: Tourists flocking to Hairatanborder town“. Pajhwok Afghan News (2022-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  2. „Hairatan Port revenue surges to nearly 8 billion afs“. Pajhwok Afghan News (2022-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  3. „China to Transport Goods to Afghanistan By Railway: ARA“. TOLOnews (2022-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  4. „500,000 metric tons of goods imported, exported via railroads“. Pajhwok Afghan News (2022-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  5. „ACCI: Transit Through Afghanistan Up 50%“. TOLOnews (2022-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  6. „Afghanistan tourist visa for Uzbek citizens“. visalist (2022-yil 7-iyul). Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  7. „Uzbekistan tourist visa for Afghan citizens“. visalist (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  8. 8,0 8,1 „First Part of Joint Market Opens on Border with Uzbekistan“. TOLOnews (2022-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  9. Anthony Davis, 'The Battlegrounds of Northern Afghanistan,' Jane's Intelligence Review, July 1994
  10. „Afghan rebuild underway“. Railway Gazette International (2007-yil 12-iyul). Qaraldi: 2010-yil 24-fevral.
  11. „Hairatan to Mazar-i-Sharif railway“
  12. „Construction of Afghan railway launched“. Railway Gazette International (2010-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 24-fevral.
  13. (English) (pdf) Unstoppable: The Hairatan to Mazar-e-Sharif Railway Project Performance-Based Operation and Maintenance Contract (Report). Asian Development Bank. 2014-02-01. https://think-asia.org/handle/11540/694. Qaraldi: 2021-05-24. 
  14. „Routes for Major Railway Project Identified: ARA“. TOLOnews (2022-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  15. „May 25, 2010: U. S. Ambassador Karl Eikenberry Remarks at Hairatan Rail Line Ceremony“ (Wayback Machine saytida June 15, 2011, sanasida arxivlangan)
  16. „Hairatan-Uzbekistan Rail Project“. Railway Gazette International (2013-yil 26-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  17. „Afghanistan to Take Responsibilities Over Hairatan-mazar-e-sharif Railway:ARA“. Bakhtar News Agency (2022-yil 31-dekabr). 2022-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  18. „Afghanistan signs contract to run Hairatan-Mazar railway with Kazakh company“. The Tashkent Times (2023-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.