Kontent qismiga oʻtish

OKMK Mis boyitish fabrikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mis boyitish fabrikasi - "Olmaliq KMK" AJning dastlabki boyitish fabrikalaridan bo'lib, Qalmoqqir mis-molibden rudasi, 2-mis boyitish fabrikasi mis-molibden konsentrati, Rux zavodi keklari hamda Angren kon boshqarmasi va Kovuldi konining flyus rudalarini qayta ishlaydi[1].

Fabrika maydoni Piskent tumanidan 28 km uzoqlikda, Olmaliq shahriga nisbatan esa 5,2 km uzoqlikda joylashgan. Fabrika Mis eritish zavodi bilan bir maydonda joylashgan.

Mis-molibden rudalarini o‘rganish jarayoni 1932-yilda boshlangan. 1947-yilda “Giprosvetmet” (Moskva) instituti tomonidan kombinat qurilishi uchun loyiha tuzish ishlari boshlangan.

1949-yilda “Giprosvetmet” (Moskva) instituti tomonidan Olmaliq tog‘-kon rudalarini tajribadan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

1950-yilda Olmaliq shahrida yirik kombinat qurilishi ishlari boshlandi.

1953-yili “Mexanobr” (Leningrad) instituti tomonidan boyitish fabrikasini qurish uchun loyihaviy topshiriq ishlab chiqilgan va keyinchalik ushbu loyiha bir necha marotaba o‘zgartirishlarni o‘z ichiga olib 1956-yilda tasdiqlandi.

1958-yilda “Mexanobr” (Leningrad) instituti tomonidan texnik pasport ishlab chiqilgan.

1961-yil iyun oyida Mis boyitish fabrikasining birinchi seksiyasi ishga tushirilgan, keyinchalik 1962-yil mobaynida to‘rtta seksiya ishga tushirildi. Beshinchi seksiya 1970-yilda, 6-9 seksiyalar 1965-1967-yillar mobaynida foydalanishga topshirildi.

1973-1974-yillarda 1-4 seksiyaning rekonstruksiya ishlari tugatilib, ishlab chiqarish quvvati 3,7 million tonna rudani qayta ishlashga tenglashdi.

6-9-seksiyalarning rekonstruksiya ishlari 1983-yilga to‘g‘ri kelgan[2].

1986-1988-yillarda “Mexanobr” (Leningrad) instituti tomonidan 8,8 mln tonna rudani qayta ishlashga mo‘ljallangan 2,5 seksiya hajmida sulfidli va oksidli rudalarni qayta ishlash maqsadida 2-maydalash va boyitish majmuasi foydalanishga topshirildi. Biroq keyinchalik oksidlangan rudalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan texnologik kompleksning qurilish ishlari yakuniga yetmagani sabab, tarkibida 2 ta tegirmon bilan yarim seksiya sulfidli rudalarni qayta ishlashga topshirildi.

1992-yilda 1-monoseksiya, 1995-yilda 2-monoseksiya foydalanishga topshirildi. 1-uchastka flotoparki rekonstruksiyasi vaqtida FMR–6,3 flotomashinalari FPM–16 flotomashinalariga almashtirildi.

2004-yilning may oyidan 2005-yilning dekabr oyiga qadar 2-uchastkada texnik qayta jihozlanish ishlari amalga oshirildi. 6-,7-,8- va 9- seksiyalarning hisobiga 3- va 4-monoseksiyalar vujudga keldi hamda FPM-12,5 flotomashinalari SP ZAO “IVS” RIF-45 va RIF-25 flotomashinalariga almashtirildi.

2010-yilning sentabr oyidan dekabr oyigacha 10-12-seksiyalarda texnik qayta jihozlanish ishlari amalga oshirildi. Ushbu seksiyalarning birlashishi natijasida 5-monoseksiya vujudga keldi[3].

1-uchastkaning avvalgi 5-seksiyasi maydonida 6-monoseksiya foydalanishga topshirildi. Rekonstruksiya vaqtida SP ZAO «IVS» RIF-45 va RIF-25 flotomashinalari ishga tushirildi.

Yangi monoseksiyalarning foydalanishga topshirilgan sanalari:

- 5-monoseksiya 2010-yilning noyabr oyida;

- 6-monoseksiya 2010-yilning dekabr oyida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori asosida “MBF maydalash va yanchish bo‘linmalarining rekonstruksiyasi” ishlari amalga oshirildi.

2013-yil fevral oyida birinchi bosqich yakuniga kelib, 2-MBM 11-seksiyasida 2 ta 2-bosqich tegirmonlari foydalanishga topshirildi.

Keyinchalik ishlab chiqarish quvvatlarini bir me'yorga keltirish va sarf harajatlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Olmaliq KMK” AJni 2009-2015-yillar mobaynida modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi” asosida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2016-yil dekabr oyida loyihaga asosan, yanchish va flotasiyalash sexi tarkibida maydalash va yanchish bo‘linmasi jag‘li maydalagich PEJ 1521 (ShDP 15x21), yarim o‘zi yanchuvchi tegirmon MMPS-9500x5400 va 2 ta MShS-5800x8100 sharli tegirmonlari bilan foydalanishga topshirildi.

2016-yil oktyabr oyidan mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi filtrlash va quritish bo‘linmasini qayta jihozlash maqsadida 3 ta KA400/1600-Z1.1 press-filtrlarining montaj ishlari amalga oshirildi. 100 tn/soatiga ishlab chiqarish quvvati bilan filtr-presslash uchastkasi 2017-yil fevral oyida foydalanishga topshirildi[4].

Asosiy bo‘limlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

- Rejaviy bo‘lim;

- Ishlab chiqarish texnik bo‘limi;

- Mehnat va mehnatga haq to‘lash bo‘limi;

- Hisobxona;

- Bosh mexanik bo‘limi;

- Bosh energetik bo‘limi;

- Mehnat muhofazasi va Xavfsizlik ta'minoti bo‘limi.

Asosiy sexlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

- 1-sonli maydalash sexi;

- 2-maydalash va boyitish majmuasi;

- Yanchish va flotasiyalash sexi;

- Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi;

- Sanoat kon qoldiqlarini joylashtirish sexi.

Yordamchi sexlar/xizmatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

- Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash montaj sexi;

- Ta'mirlash-mexanika uchastkasi;

- Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan tizimda boshqarish xizmati;

- Energetika sexi;

- Xo‘jalik uchastkasi.

Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-3954 sonli “Olmaliq KMK” AJda ishlab chiqarish quvvatlarini me'yorlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexida Larox PF press-filtrlari foydalanishga topshirildi. Loyiha ishlari hujjatlari Rossiyaning OOO NIIPI “TOMS” tomonidan ishlab chiqildi hamda ushbu loyiha hujjatlariga muvofiq bir qator texnik qayta jihozlanish ishlari tugallandi.

Shuningdek, 1-sonli maydalash majmuasida o‘rta maydalagichlardan oldingi GIT-51N g‘alvirlari zamonaviy SHR-18-8,5x2 g‘alvirlariga almashtirildi. KSD 2200Gr maydalagichlari zamonaviy KSD-220Gr-D1M maydalagichlariga almashtirildi. Mayda maydalagichlardan oldingi GIT-51N g‘alvirlari zamonaviy SMR-19-6,8x2 g‘alvirlariga almashtirildi. KMD 2200T maydalagichlari zamonaviy KMD-2200T1-D1M maydalagichlariga almashtirildi.

2-maydalash va boyitish majmuasi o‘rta maydalagichlardan oldin zamonaviy g‘alvirlar SHR-24-10,5x2,3 (3 ta) o‘rnatildi. Mayda maydalash jarayonidan oldingi GIST-71 g‘alvirlari (9 ta) zamonaviy SMR-25-12,4x2,9 (9 ta) g‘alvirlarga almashtirildi. Mavjud 5 dona KMD-3000T maydalagichlariga qo‘shimcha yangi yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega KMD-3000T2-D1P-M 2 dona konusli maydalagichlar o‘rnatildi. 5-yo‘nalish bo‘yicha eskirgan gidrosiklonlarni yangi Derrick Stack Sizer 2SG48-60W-5STK. G‘alvirlariga almashtirish ishlari amalga oshirildi.

Yanchish va flotatsiyalash sexida birinchi bosqichda MShR 4,5x6,0 tegirmoni va ikkinchi bosqichda MShS 4,5x6,0 tegirmonlari bilan yangi yanchish liniyasi foydalanishga topshirildi. Yemirilgan va ish holati qoniqarsiz ahvoldagi gidrosiklonlar avtomatlashtirilgan yangi nasos-gidrosiklonlarga almashtirildi.

Asosiy mahsulotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mis boyitish fabrikasi mis va molibden mahsulotini ishlab chiqaradi va ushbu mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar har yili tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan TIK (texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar) asosida belgilanadi. Mis konsentrati MBF tayyor mahsuloti hisoblanadi va mis eritish zavodiga qayta ishlash maqsadida yuboriladi.

Mis boyitish fabrikasining birlamchi ishlab chiqarish quvvati yiliga 39600 ming. tonnani tashkil qilgan, jumladan 1-sonli maydalash sexi (1-9 seksiyalar) – 29800 ming.tonna, 2-maydalash va boyitish majmuasi (10-12 seksiyalar) – 9800 ming. tonna.

1990-yilda rudalarni yanchilish darajasi 20% ga salbiylashgani sababli yillik ishlab chiqarish quvvati 29120 ming.tonnaga o‘zgartirilgan (yanchilish darajasi bo‘yicha tajriba ishlari “Mexanobr” instituti tomonidan amalga oshirilgan)

Hozirgi kunga kelib MBF yillik ishlab chiqarish quvvati 37,5 mln tonnani tashkil qilmoqda.

Yakuniy tayyor mahsulot Ts 00193950-013 “Mis konsentrati. Texnik talablar” (rus tahrirda) va Ts 00193950-050 “Molibden sanoat mahsuloti. Texnik talablar” (rus tahrirda) tashkilot standartlari asosida ishlab chiqarilgan konsentratlar hisoblanadi[5].

  1. Rangli metallar metallurgiyasi, A.S.Hasanov, Q.S.Sanaqulov, A.A.Yusupxadjayev, Fan, T.: 2009
  2. Erta bugundan boshlanadi, O.Dadayeva, L.Filippovich, KolorPak MCHJ, T.: 2020
  3. Almalikskiy jemchujina, V.Sigedin, Sharq, T.: 1999
  4. Ezgulikka baxshida umr, O.Dadayeva, U.Karimov, Q.Sanaqulov, A.Haydarov, U.Orudjov, A.Hasanov, A.Rasulov, L.Filippovich, A.Komilov, Mashhur-Press, 2018
  5. https://www.agmk.uz/oz/complex/copper-concentrator-plant