ONE Championship
One Championship (baʼzi manbalarda „ONE Championship“ yoki ONE shaklida keladi) – bu Osiyoda eng yirik aralash jang sanʼati (MMA) promouterligi tashkiloti boʻlib, 2011-yilda singapurlik tadbirkor Chatri Sityodtong tomonidan tashkil etilgan[1]. ONE Championship bugungi kunga kelib nafaqat MMA, balki kikboksing, muaytay va no-gi BJJ kabi jang sanʼatlari boʻyicha ham musobaqalar oʻtkazmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]ONE Championship 2011-yil 14-iyulda rasmiy ravishda eʼlon qilindi va birinchi musobaqasi 2011-yil 3-sentyabrda Singapurda boʻlib oʻtdi. Chatrining soʻzlariga koʻra ONEning asosiy maqsadi Osiyoda aralash jang sanʼati madaniyatini rivojlantirish va jangchilarga oʻz mahoratlarini namoyish etish imkoniyatini berish boʻlgan[2]. Shu sababdan ONE aralash jang sanʼatidan tashqari, kikboksing, muaytay va boshqa jang sanʼatlarini ham birlashtiruvchi turli jang kechalari va musobaqalar oʻtkazishni boshladi. Avvaliga moliyaviy jihatdan qiynalgan tashkilot, keyinchalik venchur kapitali va turli media markazlariga translyatsiya huquqlarini sotish orqali oʻzini tikladi va bugungi kunga kelib dunyodagi eng qimmat kombat sportga yoʻnaltirilgan tashkilotlardan briga aylandi[3].
Yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]ONEda quyidagi asosiy jang sanʼati yoʻnalishlar boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi:
- Aralash Jang Sanʼati (MMA): bu tashkilotning asosiy yoʻnalishi boʻlib, turli vazn toifalarida erkaklar va ayollar oʻrtasida janglar oʻtkaziladi.
- Kikboksing va Muaytay: bu ikki jang sanʼati yoʻnalishlarida ham professional musobaqalar tashkil etiladi.
- No-gi BJJ: ushbu yoʻnalish Braziliyacha jiu-jitsu texnikalariga asoslangan boʻlib, ONEda alohida yoʻnalish sifatida janglar oʻtkaziladi.
Vazn Oʻlchash
[tahrir | manbasini tahrirlash]ONE Championship boshqa MMA tashkilotlarida qoʻllanadigan sunʼiy vazn tashlash usulidan voz kechgan. Boshqa tashkilotlarda jangchilar koʻpincha musobaqadan oldin badandagi suvni sunʼiy chiqarib orqali qisqa vaqt ichida vazn tashlashadi. ONEda esa jangchilarni tabiiy vazn toifalarida jang qilishga majbur. Buni nazorat qilish uchun tashkilot bir necha turdagi choralar ishlab chiqishgan.
Gidratatsiya Testlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vazn oʻlchash jarayonining muhim qismi gidratatsiya testlaridan iborat. Bu testlar jangchilarning suvsizlanish darajasini oʻlchaydi. Jangchilarning siydik namunalaridagi suvsizlanish darajasini aniqlash uchun refraktometrik usul qoʻllanadi. Agar jangchi gidratatsiya testidan oʻta olmasa, u qayta sinovdan oʻtishi kerak boʻladi.
Koʻp Martalik Vazn Oʻlchash
[tahrir | manbasini tahrirlash]ONE Championship jangchilarni faqat musobaqadan bir kun oldin emas, balki musobaqa haftasida bir necha marta vazn oʻlchashdan oʻtkazadi. Bu jangchilarning musobaqa oldidan sogʻliq holatini nazorat qilish imkonini beradi. Vazn oʻlchash odatda musobaqadan 3-4 kun oldin boshlanadi va jang kuni yakunlanadi.
Jarimalar va Jazolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agar jangchi oʻz vazn toifasiga mos kelmasa yoki gidratatsiya testlaridan oʻtmasa, u jarimaga tortilishi yoki musobaqadan chetlatilishi mumkin. Bu qoidalar jangchilarning sogʻligʻini himoya qilish va adolatli jang sharoitini taʼminlash uchun ishlab chiqilgan.
Jangchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashkilotning bugungi kunda asosiy jangchilari orasida Rodtang Jitmuangnon, Shinya Aoki, Demetryus Jonson, Giorgio Petrosyan, Takeru Segava va Angela Li kabi mashhur sportchilar bor. Ular oʻz mahoratlari va yutuqlari bilan nafaqat ONEda balki butun dunyoda oʻz oʻrniga ega[4].