Kontent qismiga oʻtish

Ob-havo xaritalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ob-havo xaritalari - meteorologik va aerologik stansiyalardan olingan maʼlumotlar (sonlar va shartli belgilar)ni geografik xaritalarga koʻchirib tuziladigan sinoptik va aerologik xaritalar. Yer yarim shari, butun Yer yuzasi uchun, shuningdek, kichik rayonlar uchun tuzilishi mumkin. O.-h. x. ob-havo byurolarida kuniga bir necha marta tuzilib, odatda, kuzatishdan olingan maʼlumotlar asosida EHM lar va max-sus moslamalar yordamida tayyorlanadi. O.-h. x. da konik, merkator, stereografik proyeksiyalardan foydalaniladi. Ularda quruqlik, dengiz va boshqa orografiyalarning muhim xususiyatlari beriladi. O.-h. x. kompleks, aerologik, yordamchi xaritalarga boʻlinadi. Ular ob-havo xizmatida muttasil, talabga qarab har 3, 6, 12 soatlar orasida tuziladi. Bu xaritalarni tahlil qilib, boʻlib oʻtgan, hukm surayotgan va boʻlajak ob-xavo anikdanadi. Meteorologik maʼlumotlar asosida tuzilgan xaritalar Yer yaqini sinoptik O.-h. x.lari, aerologik kuzatish natijalari tushirilgan xaritalar barik topografiya yoki aerologik xaritalar deyiladi. Kompleks xarita sinoptik xarita boʻlib, unda dengiz yuzasiga moslashtirilgan qavo bosimi, temperaturasi va namligi, uzoqni koʻrish masofasi, har xil bulutlar, yogʻin turlari, atmosfera hodisalari va hokazo ifodalanadi. Kompleks xaritalardan ob-havoni va atmosfera sinoptik holatini tahlil qilishda foydalaniladi. Aerologik xaritalar atomosferaning maʼlum balandliklari uchun tuziladi. Bu xaritalarda shamol tezligi va yoʻnalishi, temperatura, namlik va hokazo belgilanadi. Aerologik xaritalar, asosan, aviatsiya xizmatida katta ahamiyatga ega. Yordamchi, kompleks, sinoptik xaritalarga qoʻshimcha qilib, ayrim meteorologik elementlar (mas, tumanlar, chang boʻronlar, yashin va chaqmoqlar, yaxmalaklar, kuchli yogʻinlar, eng yuqori va eng past temperaturalar, tropopauza balandligi va boshqa asosida) tuziladi. Kichik rayonlar uchun tuziladigan O.-h.x. mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan koʻp sonli meteorologik st-yalar maʼlumotlaridan foydalanib tuziladi. Aviatsiya xizmati uchun moʻljallangan O.-h.x. maʼlum rayon uchun uni halqa koʻrinishida oʻrab olgan zich meteorologiya stansiyalari maʼlumotlari asosida tuzilgan ob-havo xaritasi asosida qisqa vaqt oraligʻi uchun tuziladi. Aviameteorologiya markazlarida muntazam ravishda maxsus prognoz xaritalari tayyorlanadi.

Tohir Muxtorov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil