Kontent qismiga oʻtish

Obidjon Bakirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Obidjon Bakirov
Tavalludi 1941-yil
Vafoti 2019-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti
Kasbi Rassom
Faoliyat yillari 19582019
Unvoni Oʻzbekiston xalq rassomi
Mukofotlari

Obidjon Bakirov (1941-yil, Andijon[1] — 2019) — rassom, pedagog. Aktyor va rejissor Abbos Bakirovning jiyani. "Oʻzbekiston xalq rassomi" unvoni sohibi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obidjon Bakirov 1941-yilda Andijon shahrida tugʻilgan. Oilasidagi muhit sanʼat bilan aloqador boʻlgan. Amakisi Oʻzbekiston xalq artisti, oʻzbek teatri va kinosining yulduzlaridan Abbos Bakirovdir. Abbos Bakirov Oʻzbekiston xalq artisti. U klassikaga aylanib qolgan oʻzbek filmlarida suratga tushgan boʻlsa ham, butun umri davomida Andijon teatrida ijod qilgan. Obidjon Bakirovning sanʼatga kirib kelishida ham amakisi sababchi boʻlgan.

O.Bakirov 1958-yilda Andijon viloyati musiqali drama va komediya teatriga ijrochi rassom boʻlib ishga kiradi. Maʼlum muddat Andijon tibbiyot institutida bezakchi rassom boʻlib ishlagan. Keyinchalik Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida oʻqiydi. Uni tamomlagach Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqishini davom ettiradi. Institutda Rahim Ahmedov, Neʼmat Azizboyev singari bir qator taniqli rassomlardan rang-tasvir sirlarini oʻrgangan. Rassomlik sohasida maʼlum bilim va malakaga ega boʻlgach, Andijonga qaytib, ijod bilan shugʻullangan.

„Abu Ali ibn Sino“, „Abbos Bakirov“ singari portretlarida rassom bu siymolarning maʼnaviy dunyosini, ichki kechinmalarini tasvirlagan. Ushbu janrga oid boshqa portretlardan Olim Qurbonov, Nayni Mamatqodirov, Turdixon Sattorov singari mashhur insonlarning ishlagan.

„Shohimardonda bahor“, „Tumanlikda“, „Choʻlda oqshom“, „Jala“, „Bogʻishamolda bahor“, „Oʻrik gullaganda“ suratlarida Fargʻona vodiysining goʻzal tabiatini tasvirlagan. Rassomning „Oʻrik guli“, „Qulupnaylar“, „Nastarin“ kabi asarlari natyurmort janrida. Musavvir tomonidan Abu Ali ibn Sino tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan yaratilgan buyuk allomaning siymosi tasviriy sanʼatda etalon sifatida qabul qilingan[2].

Obidjon Bakirov 1997-yili „Shuhrat“ medali, 2001-yilda "Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining „Yuksak sanʼat asarlari uchun“ kumush medali bilan mukofotlangan. Obidjon Bakirov 2008-yilda „Oʻzbekiston xalq rassomi“ degan yuksak nomga sazovor boʻlgan[3]..

  1. „Узбекский художник Бакиров Абиджан Саибжанович Источник: http://socrealizm.com.ua“. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  2. „Сaнъaтгa бaхшидa умр“. 2023-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  3. Rustambek Shamsutdinov, Abdurahmon Ishoqov. Andijon tarixidan lavhalar. Toshkent, Sharq 2013 — 512-bet. ISBN 978-9943-26-076-4.