Obidjon Hamidov
Obidjon Hafizovich Hamidov | |
---|---|
Tavalludi |
2-fevral 1975-yil Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | iqtisodchi olim |
Sohasi | iqtisodiyot |
Taʼlimi |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Dokuz Eylül universiteti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) |
Ilmiy unvoni | professor |
Obidjon Hafizovich Hamidov (1975-yil 2-fevral, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (2017), professor (2020).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obidjon Hamidov 1975-yil 2-fevral Buxoro viloyati ziyolilar oilasida tugʻilgan[1]. 1992—1998-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, 1992—1996-yillarda Turkiyadagi Dokuz Eylül universitetida oʻqigan. 1998—1999-yillari „Interkontinental“ mehmonxonasi hisobchisi, 2000—2001-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti maxsus turistik firmasi direktori, 2001—2003-yillari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti turizm servisi kafedrasi assistenti, 2003—2004-yillarda „Soj-Invest“ sanoat-moliya kompaniyasining bosh vakili, 2004—2005-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti turizm servisi kafedrasi assistenti, 2005—2007-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti turizmda marketing va servis kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2007—2008-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti servis kafedrasi dotsenti, 2008—2015-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti servis kafedrasi mudiri, 2015—2017-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektori, 2017—2019-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori vazifasida ishlagan[2]. 2019-yildan Buxoro davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda[3][4]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obidjon Hamidov ilmiy ishlari iqtisodiyot va turizm, menejment, marketing kabi sohalarning dolzarb muammolariga oid. 2006-yil Samarqand iqtisodiyot va servis institutida „Oʻzbekiston turizm xizmatlari bozorida raqobatbardosh strategiyalarni tanlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qiladi, 2006-yil 29-iyunda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2009-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2017-yil Samarqand iqtisodiyot va servis institutida „O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishning boshqarish mexanizmini takomillashtirish“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyani himoya qilib, 2017-yil 29-noyabrda iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi olgan, 2020-yilda olimga professor ilmiy unvoni beriladi. Obidjon Hamidov 6 ta monografiya, 5 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta uslubiy qoʻllanma, 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Obidjon Hafizovich Hamidov“. 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
- ↑ „Prezidentning Buxoroga tashrifi doirasida rektorlar ishdan olindi“ (2019-yil 31-mart).
- ↑ „В Бухарской области сменились три хокима и два ректора университета“ (2019-yil 1-aprel).