Obliteratsiya
Obliteratsiya (lotincha: obliteratio — tekislanmoq, bitib qolmoq) — 1) tibbiyotda — ichi kovak yoki naysimon aʼzolar (mas, ichki aʼzo boʻshligʻi, chiqaruv kanali yoʻli, qon yoki limfa tomirlari) teshigining bitib, berkilib qolishi. Bu, koʻpincha, yalligʻla-nish yoki oʻsmalar tufayli roʻy beradi, bunda organizm faoliyatiga putur yetadi. Tuxum yoʻllarining toʻliq Obliteratsiyasi bemorni bepushtlikka olib keladi (yana qarang Bitov). Shu bilan birga, ayrim kasalliklar, mas, plevritda, plevra boʻshligʻida Obliteratsiya vujudga kelishi bemorning sogʻayatganligidan dalolat beradi; qorin pardasi qin oʻsiqchasining Obliteratsiyasi rivojlanish meʼyorida borayotganligini koʻrsatadi; 2) botanikada — oʻsimlik toʻqimalari va hujayralarining puchayishi. Baʼzan hujayra ichidagi va hujayralararo boʻshliklarning bitib qolishiga olib keladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |