Obregoniya
Obregoniya(artishok kaktus )— kaktuslarning monotipik jinsiga mansub o'simlik. Bu tur Meksikaning Tamaulipas shtatiga xosdir.
Obregoniya jinsi "Alvaro Obregon" nomi bilan atalgan ,1923-yilda Alfred Frek tomonidan aniqlangan va Meksika Qishloq xoʻjaligi vaziri boʻlgan Ramon De Negri nomi bilan atalgan.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xona oʻsimligi sifatida yetishtiriladigan gulli kaktuslarning kam uchraydigan turi. Yovvoyi tabiatda kamdan-kam uchraydi, Meksikaning kichik hududlarida topilishi mumkin. Ushbu tur noqonuniy yigʻish tufayli yoʻqolib ketish xavfi ostida. Ushbu noyob tur ko'rinishi tukli markazga ega bo'lgan yashil qaragʻay konusiga oʻxshaydi. Sekin oʻsadi va kam suv talab qiladi. Urugʻ orqali koʻpaytiriladi.
Oʻsimlikning diametri 20 sm gacha boʻlgan sharsimon yoki biroz choʻzinchoq (uzunligi 1,5 sm, kengligi 2,5 sm) poyaga ega, barg shaklidagi, oʻtkir, qalin, uchburchak papilla bilan qoplangan.
Obregonia IUCN Qizil roʻyxatiga kiritilgan xavf ostida boʻlgan tur.
Klassifikatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Molekulyar tadqiqotlar kelib chiqishiga koʻra Lophophora va Acharagma[1] bilan oʻxshash ekanligini koʻrsatadi.
Lophophora |
| ||||||||||||||||||||||||
Oʻstirish va koʻpaytirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu tur sekin oʻsganligi uchun parvarishlash oson emas, lekin yaxshi oʻstirilganda nisbatan tez kattalashishi mumkin. Asosan payvandlash va ildizi orqali koʻpaytiriladi. Ixcham oʻsishi va tekis shaklda boʻlishi, haddan tashqari choʻzilgan va gʻayritabiiy koʻrinishga ega boʻlmasligi uchun quyosh nurini talab qiladi va kam sugʻoriladi. Mart—oktyabr oylarida kam sugʻorish va qishda, harorat 10 ° C dan past boʻlganida quruq holda saqlash tavsiya etiladi.
Rasmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gómez-Hinostrosa, C.; Guadalupe Martínez, J. (2013). "Obregonia denegrii". IUCN Red List of Threatened Species 2013: e.T40968A2948122. https://www.iucnredlist.org/species/40968/2948122. – Database report on species & threats.
- Gómez-Hinostrosa, C.; Guadalupe Martínez, J. (2013). "Obregonia denegrii". IUCN Red List of Threatened Species 2013: e.T40968A2948122. https://www.iucnredlist.org/species/40968/2948122.
- – Database report on species & threats.