Obuna
Qiyofa
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Obuna (frans. abonner — yozilmoq) — davriy nashrlar (gaz., jur.) va tegishli bosma kitoblar (koʻp jildli badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar) uchun oldindan buyurtma toʻplash, ularga yozilish. Obuna maʼlum maʼnoda nashr mahsulotlari adadi (miqdori)ning qancha boʻlishini avvaldan belgilash imkonini beradi. Oʻzbekistonda davriy nashrlarga Obuna "Matbuottarqatish" uyushmasi, pochta-aloqa boʻlimlari, korxona, muassasa va oliy oʻquv yurtlaridagi jamotchi tarqatuvchilar tomonidan, boshqa bosma asarlarga Obuna kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, maxsus kitob doʻkonlari tomonidan amalga oshiriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |