Kontent qismiga oʻtish

Ochiq manbalarga koʻra qidiruv

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ochiq manbalar boʻyicha razvedka qilish yoki OSINT (inglizcha: Open-source intelligence) – bu ochiq manbalardan maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish orqali maʼlumot toʻplash va razvedka qilish jarayonidir. OSINTlash asosan milliy xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish va biznes razvedkasi faoliyatida keng qoʻllaniladi[1].

OSINTlash orqali maʼlumot toʻplashni 6 ta toifada koʻrish mumkin:[2]

  • Ommaviy axborot vositalari: bosma gazetalar, jurnallar, radio va televideniye.
  • Internet: onlayn nashrlar, bloglar, munozara guruhlari, fuqarolik ommaviy axborot vositalari (yaʼni – uyali telefon videolari va foydalanuvchi yaratgan kontent), YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoq veb-saytlari (yaʼni. – Facebook, Twitter, Instagram va boshqalar). Ushbu manba, shuningdek, oʻz vaqtidaligi va foydalanish qulayligi tufayli boshqa manbalardan ustun turadi.
  • Internet: onlayn nashrlar, bloglar, muhokama guruhlari, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlar (masalan, Facebook, Twitter, Instagram va boshqalar). Ushbu manbalar oʻzining tezkor maʼlumot olishga osonligi va oson kirish imkoni tufayli boshqa bir qator manbalarni ortda qoldiradi.
  • Davlatning ochiq maʼlumotlariga koʻra: davlatning ochiq hisobotlari, byudjetlar, telefon maʼlumotnomalari, matbuot anjumanlari, veb-saytlar va nutqlar. Ushbu manbalar rasmiy manbalardan olingan boʻlsa-da, ular jamoatchilik uchun ochiq va ulardan erkin foydalanish mumkin.
  • Professional yoki akademik nashrlar: jurnal maqolalari, konferensiyalar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va diplom ishlaridan olingan maʼlumotlar. Bunda maqola muallifining yozgan maqolalarini koʻrish orqali ham amalga oshirish mumkin.
  • Tijorat maʼlumotlari: sunʼiy yoʻldosh tasvirlari, moliyaviy va sanoat tahlillari hamda maʼlumotlar bazalari. Yoki har qanday maʼlumot olish mumkin boʻlgan tasvirlar shular jumlasidan.
  • Kulrang

OSINT tadqiqotdan farqli oʻlaroq, maʼlum bir shaxs yoki guruhning qaror qabul qilishiga yordam beradigan aniq va maqsadli maʼlumot yaratish uchun razvedka jarayonlarini qoʻllaydi[3].

  1. Schwartz, Leo „Amateur open source researchers went viral unpacking the war in Ukraine“. Rest of World (2022-yil 7-mart). Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  2. Richelson, Jeffrey. The US Intelligence Community. Avalon, 2016. ISBN 978-0813349183. 
  3. „Spy Agencies Turn to Newspapers, NPR, and Wikipedia for Information: The intelligence community is learning to value 'open-source' information“. 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-sentyabr.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson Huquqlari bo‘yicha Oliy Komissariyati (OHCHR); Kaliforniya universtiteti. Berkeley protokoli: Xalqaro jinoyat, inson huquqlari va gumanitar huquq buzilishlarini tekshirishda raqamli ochiq manba ma’lumotlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy qo‘llanma., 2022. ISBN 978-92-1-154233-2. OCLC 1334608062.