Kontent qismiga oʻtish

Odašiljači i veze

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Odašiljači i veze
Turi Jamoat
Tarmogʻi televideniyesi
Qachon asos solingan 29-mart 1924-yil[1]
Hududiy xizmati Xorvatiya
Asoschi(lari) Oton Kučera
Rahbariyat Mate Botica (CEO)[2]
Ishchilar soni 304[3]
Vebsayti www.oiv.hr

Odašiljači i veze d.o.o. (OiV) – Xorvatiya mas’uliyati cheklangan kompaniyasi boʻlib, 2001-yilda Hrvatska Radiotelevizija (HRT) (Xorvatiya davlat televideniyasi va radiosi)dan ajralib chiqqan. OiV kompaniyasi yer usti televiziyasi (terrestrial television) va WiMAX (simsiz internet) xizmatlarini taqdim etuvchi operator sifatida faoliyat yuritadi.

Xorvatiya 2002-yil 13-iyundan boshlab DVB-T uzatishni sinovdan oʻtkazishni boshladi[4]. Oʻsha davrda tizimlar 4 ta milliy televizion kanalni uzatgan: HRT 1, HRT 2, HRT 3 va Nova TV. Odašiljači i veze 2007-yilda 9 ta uzatish stantsiyasidan iborat tarmoqni qurdi, bu tarmoq Xorvatiyaning taxminan 70% hududini qamrab oldi. Analog televizion translyatsiya 2010-yil oktyabr oyida toʻxtatildi.

2013-yil dekabr holatiga koʻra, Odašiljači i veze 11 ta milliy televizion kanalni uzatmoqda: HRT 1, HRT 2, HRT 3, HRT 4, RTL Televizija, RTL 2, RTL Kockica, Nova TV, Doma TV, SPTV va CMC. Shuningdek, mintaqaviy xizmatlar ham mavjud.