Odamlar nima deydi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Odamlar nima deydi“
Konsta & Timur Alixonov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2022
2023
Davomiyligi 3:09
3:57
Prodyuser(lar) Bekzod Abduvaliyev
Kamila Mevlyudova

Odamlar nima deydi — oʻzbek reperi Konstaning bloger va qo‘shiqchi Timur Alixonov bilan birga kuylagan dueti. Odamlar nima deydi klipi brand collaboratsiya sifatida xalqaro Epica Awards festivali sovrindori boʻlgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Duet dastlab 2022-yili kuylangan va 13-noyabr kuni YouTubedagi Konsta Uz kanaliga yuklangan[1]. Qoʻshiq ommalashib ketishi munosabati bilan 2023-yil 6-avgust kuni suratga olingan ikkinchi klipi YouTube kanalida eʼlon qilingan[2]. Ikkinchi klipning suratga olinishi borasida Konsta quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:

Hammasi Subyektiv’dagi intervyudan boshlandi. O‘zimiz bergan intervyuni ko‘rayotganimda, Mirshakarning „Odamlar nima deydi?“, degan savolga bergan javobi e’tiborimni tortdi. Uning shunday nomli ko‘rsatuvi ham bor edi. Qisqasi, qo‘shiq yaratilishiga o‘sha intervyu va Mirshakarning fikrlari turtki bo‘lib, ruhlantirdi. Keyin real hayotimizdagi holatlardan kelib chiqib qo‘shiq yozdik. Timurga qo‘ng‘iroq qilib, birga ijro qilishimizni aytdim, u qo‘shiqni eshitib darrov rozilik bildirdi. Taronani odamlarga taqdim etdik va yaxshi qabul qilindi[3].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq TAF!23 forumida 1 ta bronza va 1 bitta kumush bilan taqdirlangan[4][5][6]. Qoʻshiq Yandex Music hamda Apple Music platformalarida tinglanishi boʻyicha TOP 1 ga chiqqan va 2023-yil mart holatiga koʻra, TOP 100 talikda oʻrin egallab turibdi[7].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulim

Oʻzbegim farzandiman

Beautiful Life

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Konsta & Timur Alixonov - Odamlar nima deydi? ! (inglizcha), qaraldi: 2023-10-12
  2. Konsta & Timur Alixonov - Odamlar nima deydi ? (inglizcha), qaraldi: 2023-10-12
  3. „"Odamlar nima deydi?": Konsta va Timur Alixonov klipi taqdimotidan eksklyuziv reportaj — Toshkent Afishasi“ (uz-Latn). www.afisha.uz (2023-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  4. „What will people say?“ (ru-RU). jolbors.com. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  5. „What will people say?“ (ru-RU). jolbors.com. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  6. „Odamlar“ (ru-RU). jolbors.com. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  7. „«Люди всегда будут что-то говорить, почему бы просто не жить?» Рэпер Konsta выпустил новый клип“ (ru). Газета.uz (2023-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-mart.