Kontent qismiga oʻtish

Odina Aliyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odina Aliyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Taxallusi/Laqabi Odi, Adina
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Tavallud sanasi 22-may 1990-yil (1990-05-22) (34 yosh)[1]
Buxoro viloyati Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 2010-hozirgacha
Boʻyi 186 cm
Vazni 78 kg
Sport
Qaysi sport voleybol[2]

Odina Aliyeva (sobiq: Bayramova; 1990-yil 22-may[1]) — ozarbayjonlik voleybolchi[3][4] voleybol boʻyicha Ozarbayjon ayollar terma jamoasi sardori[5] a Jakarta Elektrik PLN jamoasi aʼzosi[6][7][8].

U voleybol boʻyicha Ozarbayjon Superligasining 2015—2016-yilgi mavsumining „eng yaxshi toʻp qabul qiluvchisi“, mavsum yakuniy bosqichining „eng qimmat oʻyinchisi“ sifatida tanlandi[9].

2016-yilda voleybolchilar oʻrtasida Italiya A seriyasining VIII turi doirasida oʻzi aʼzo boʻlgan „Il Bisonte Firenze“ va „Yamamay“ klublari oʻrtasidagi oʻyinning „eng qimmat oʻyinchisi“ deb topildi[10]. Turkiyaning „Seramiksan“ voleybol jamoasiga oʻtishi paytida Italiyaning „iVolleyMagazine“ sport jurnali uni „Marko Brachchi (jamoa murabbiyi) Il Bisonte Firenzening eng katta qahramonlaridan biri“ deb atagan[11].

2022-yilning 13332 nafar eng yaxshi voleybolchi ayoli orasida u 69 ochko bilan 107-oʻrinni egallab turibdi. U bu roʻyxatda Yana Matiasovska Agayevadan keyin ikkinchi ozarbayjonlik ayol voleybolchi hisoblanadi (144 ochko bilan 26-chi oʻrin).

Odina Aliyeva 1990-yil 22-may kuni[12] Buxoro viloyatida tugʻilgan[13].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahdag-Shirvan GVK, 2010-yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odina Aliyeva 2010-yil Shahdag-Shirvan GVKda professional faoliyatini boshladi[14]. Oʻsha yili, 2010—2011-yilgi mavsumda u „Shahdag-Shirvan“ jamoasi bilan voleybol boʻyicha Ozarbayjon Superligasida debyut qildi.

Baku VK, 2010-yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda faoliyatini Baku VKda davom ettirdi[14].

Azerrail QVK, 2011—2012-yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda u Azerrail QVKga oʻtdi va u yerda CEV Ayollar Chempionlar Ligasining 1/4 finaliga chiqdi. Oʻsha yili oʻzining yuqori professionalligi tufayli u ilk bor Ozarbayjon ayollar terma jamoasiga taklif qilindi va terma jamoa tarkibida ayollar oʻrtasida voleybol boʻyicha Yevropa chempionatida ishtirok etdi[14].

Azeryol GVK, 2012—2014-yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Azeryol GVK jamoasi bilan shartnoma imzoladi va u yerda uch mavsum davomida jamoa sharafini himoya qildi. Azeryol GVK bilan Odina Aliyeva voleybol boʻyicha „Ozarbayjon Superligasi“da ikkinchi oʻrinni va „CEV Ayollar Chempionlar Ligasi“da yarim finalda gʻolib chiqdi[14].

Azerrail QVK, 2014—2016-yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda u yana Azerrail GVKga oʻtdi[14]. U 2015—2016-yilgi mavsumning „eng yaxshi toʻp uzatuvchisi“ va mavsum yakuniy bosqichining „eng qimmat oʻyinchisi“ deb topildi[10][14].

Halkbank va İdmanocak, 2016-yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda u ilk bor Ozarbayjon Superligasini tark etishga qaror qildi va Turkiyaning Halkbank jamoasi bilan, koʻp oʻtmay İdmanocak voleybol jamoasi bilan shartnoma tuzdi[14]. Biroq mavsum boshlanishidan oldin u shartnomani rad etdi va Italiyaga ketdi[14].

Il Bisonte Firenze, 2016—2017-yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiyaning Idmanocak va Halkbank klublari bilan koʻp muammolardan soʻng Odina Aliyeva Italiyaga koʻchib oʻtdi. Italiya sport saytlarida Bayramova A1 seriyasi boshlanishidan bir necha kun oldin Il Bisonte Firenze bilan shartnoma imzolagani haqida xabarlar paydo boʻldi[15].

Ceramiksan , 2017—2018-yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda bir yillik shartnoma asosida Turkiyaning Ceramiksan voleybol jamoasiga oʻtdi[16][17][18].

Jakarta Electric PLN, 2022-yildan hozirgacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning yanvar oyida u Indoneziyaning Jakarta Elektrik PLN ayollar voleybol jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[19]. 2023-yilda jamoa rahbariyati Odina bilan yangi shartnoma taklif qildi va shartnoma imzoladi. Hozirda oʻsha jamoaning asosiy hujumchisi hisoblangan Odina Aliyeva 15-raqamli libosda toʻp surmoqda.


Milliy terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilgi voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

30-sentyabr kuni Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi oʻyinda 27 zarbadan 13 tasi, 19 ta zarbadan 2 tasi, 50 ta hujumga urinishning 16 tasi ochko bilan yakunlangan[20]. 2-oktyabr kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda 22 ta zarbadan 7 tasi va 33 ta hujumga urinishdan 8 tasi ochko bilan yakunlangan. Oʻyin natijalariga koʻra, Kseniya Parubets 13 ochko bilan Rossiya jamoasining ikkinchi, Odina Aliyeva esa 8 ochko bilan Ozarbayjon terma jamoasining ikkinchi eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi[21][22].

  1. 1,0 1,1 „Odina Bayramova“. https://www.eurosport.com. Yevrosport.
  2. „Odina ALIYEVA“. https://www-old.cev.eu.
  3. „Odina Əliyeva“. www.olympic.az.
  4. „Odina Bayramova: "Favorit Azərbaycan millisidir"“ (az). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Voleybol millimizin yeni kapitanı Odina Bayramova oldu“ (az). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Penasaran dengan aksi nya @odina_5_aliyeva“. Instagram.
  7. Voloch, Bruno „Odina Aliyeva, do Azerbaijão, a caminho de Bauru“ (pt-br) (2021-yil 26-iyun). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Odina Əliyeva: Mən bu ölkəni sevirəm“ (az) (11 yanvar 2022).
  9. „Superliqada mövsümün ən yaxşıları bəlli oldu“ (az). Sportarena.az (11 aprel 2016). 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  10. 10,0 10,1 „Odina Bayramova ən dəyərli oyunçu seçilib“ (az). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „La “fiorentina” Bayramova (con Malesevic) al Seramiksan“ (it).
  12. Eurosport. „Odina Bayramova - Player Profile“ (en). www.eurosport.com.
  13. „Odina Bayramova“ (en). prosportsbrazil.com. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 14,5 14,6 14,7 „Volley: A1 Femminile, Firenze ingaggia Odina Bayramova“ (it). www.corrieredellosport.it (2016-yil 13-oktyabr). 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „ITA W: Bayramova case closed – she moved to Italy!“ (en) (2016-yil 13-oktyabr). 2022-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „Turkish volleyball club Seramiksan sign Azerbaijani Bayramova“ (en). 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  17. „Seramiksan'da 2 transfer birden“ (tr). 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  18. „Odina Bayramova Seramiksan'da!“ (tr). 2022-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  19. „Odina Aliyeva, Bidadari Cantik Azerbaijan di Jakarta Elektrik PLN“ (in). 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  20. „P-2 Match result“. 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  21. „P-2 Match result“. 2021-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  22. „WCH 2018 W: Goncharova won clash against Rahimova“ (en). worldofvolley.com (2018-yil 2-oktyabr). 2022-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan.