Kontent qismiga oʻtish

Odinaxon Jamoldinova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Odinaxon Rasulovna Jamoldinova
Tavalludi 20-may 1970-yil (1970-05-20) (54 yosh)
Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika va psixologiya
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlar doktori
Ilmiy unvoni professor

Odinaxon Rasulovna Jamoldinova (1970-yil 29-may, Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlar doktori (2015), professor, Oliy Majlis kengashi sobiq deputati.

Odinaxon Jamoldinova 1970-yil 29-may Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini pedagogika va psixologiya mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1998—1999-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi, 1999—1999-yillarda Jizzax viloyati hokimligi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi, 1999—2002-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi, 1999—2008-yillarda „Oila“ ilmiy-amaliy markazi Jizzax viloyat bo‘limi direktori, 2002—2006-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti yoshlar pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri, 2006—2008-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri, 2008—2012-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, respublika „Kamalak“ bolalar tashkiloti raisi, 2012—2015-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektori, 2015—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi[1], 2020—2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan[2]. 2023-yildan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori[3]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odinaxon Jamoldinova 1992—1998-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasida oʻqigan. 1997-yilda nomzodlik, 2015-yilda doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Odinaxon Jamoldinova pedagogika sohasida 100 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya, 2 ta risola muallifi[1][3].

  • „Moʻtabar ayol“ koʻkrak nishoni (2021)[1][3].