Kontent qismiga oʻtish

Ofset bosma mashina

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ofset Bosma Mashinadan yoʻnaltirildi)

Ofset bosma mashina — bosma mashinanknt bir xili; unda bosma qolip (forma)dagi boʻyoq rezina silindrga, undan esa qogʻoz (yoki bosma material)ga oʻtadi. Asosan, tekis bosmala qoʻllanadi. AQSHda 1905-yil yaratilgan. Oddiy Ofset bosma mashina 3 silindr: qolip, ofset (rezina qoplamali) va bosma silindrlardan iborat. Ofset bosma mashinaning 1,2 va koʻp boʻyoqli; listli va rolikli xillari bor. 2 boʻyokli Ofset bosma mashinada (rasmga q.) ikkita qolip F va F2,2 ofset silindri O va O2, 2 ta boʻyoq apparati K va K2, 2 ta hoʻllovchi apparat U! va U2 hamda bosish silindri P bor. Qogʻoz oʻzi tax-lovchi moslama S dan uzatiladi. Tayyor nusxalar transportyor T bilan qabul qiluvchi stapel PS ga uzatiladi. Ofset bosma mashinam. afzalligi: koʻp boʻyoqli nashrlarni tez bosish mumkin, har xil silliqlikdagi qogʻozlarga ham bosilaveradi, bosma qoliplari kam yeyiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil