Kontent qismiga oʻtish

Ogʻir sanoat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Og'ir sanoatdan yoʻnaltirildi)

Ogʻir sanoat — ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari guruhi. Ogʻir sanoat undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatning bir qismini oʻz ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilgʻi sanoati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz-sellyuloza, qurilish materiallari sanoati va boshqa kiradi. Ogʻir sanoat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi, xalq xoʻjaligini kengaytirilgan ishlab chiqarish, texnika bilan qurollantirish, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oʻstirishning negizi hisoblanadi.

Oʻzbekistonda 20-asrning boshlariga qadar Ogʻir sanoat korxonalari boʻlmagan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab dastlabki qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, gidroenergetika, yoqilgʻi sanoati korxonalari qurildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga 90 ta Ogʻir sanoat korxonasi koʻchirilib keltirildi. Ularning koʻpi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina yirik korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoklari koʻpaydi, sifati oʻzgardi. Shuningdek, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektrodvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi.

Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa joylar turli xil kimyoviy mahsulotlar ishlab chikaradigan kimyo industriyasi markaziga aylandi. Bekobod, Chirchiq, Toshkent shaharlari kora metallurgiya, Zarafshon, Olmaliq shaharlari esa rangli metallurgiya markazi hisoblanadi.

Oʻzbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz, neft, koʻmir, benzin, poʻlat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, elektrodvigatellar, transformatorlar, akkumulyatorlar, kabellar, ekskavatorlar, koʻprikli koʻtargichlar, yigiruv mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻitlar, sement, qurilish materiallari va boshqa ishlab chiqariladi. Mamlakat sanoatida tarmoqlarning tutgan oʻrni har xil. Mas, 1995-yilda sanoat maqsulotlarining tarmoqlar boʻyicha tarkibida yoqilgʻienergetika majmuasi 18,3%, metallurgiya 13,9%, kimyo va neft kimyosi sanoati 5,2%, mashinasozlik va metallni qayta ishlash 8,8%, qurilish materiallari sanoati 4,5%, sellyuloza-qogʻoz sanoati 1%ni tashkil qildi. Sanoat tarak,qiyotida yoqilgʻi-energetika majmuasining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, kumir va energetika kiradi. Oʻzbekiston jaxrndagi 10 ta yirik gaz ishlab chikaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Respublikada qudratli gidro va issiklik elektr styalari mavjud. Metallurgiya majmuasi tarkibi maʼdan xom ashyosini, kora va rangli metallarni qazib chiqaruvchp, boyituvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat. Oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, molibden, litiy, uran, alyuminiy xom ashyosi, nodir metallar va boshqa qator qazilma boyliklarning aniklangan zaxiralari koʻp.

Kimyo va mashinasozlik majmualari sanoatning muhim sohalaridir. Yangi iqtisodiy sharoitda bu tarmoklarda chuqur strukturaviy qayta qurishlar amalga oshirildi, ular mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan. 2002-yilda Oʻzbekiston Ogʻir sanoat korxonalarida 419,6 ming t kora metallar prokati, 2,7 mln. t kumir, 7,2 mln. t neft (gaz kondensa-ti bilan birga), 59,7 mlrd. m3 tabiiy gaz, 49,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya-si, 156 ta transformator, 31285 dona avtomobil, 954 dona traktor, 822 ming t mineral oʻgʻitlar, 9733 t qogʻoz, 3,9 mln. t sement ishlab chiqarildi.

Jahondagi koʻpgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda Ogʻir sanoatni rivojlantirishga katta eʼtibor berilgan. 1970-yillar oʻrtalarida butun dunyoda 6499 mlrd. kVt-soat elektr energiya-si, 2642 mln. t neft, 1260 mlrd. m3 tabiiy gaz, 2505 mln. t koʻmir, 476 mln. t choʻyan, 652 mln. t poʻlat, 96,6 mln. t mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkichlar 20-asrning oxiriga qadar ham ortib bordi.

Ogʻir sanoat rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa mamlakatlar sanoatida asosiy oʻrinni egallaydi (yana qarang Gaz sanoati, Gidroenergetika, Yoqilgʻi sanoati, Industrial oʻsish, Issiqlik energetikasi, Kumir sanoati, Mashinasozlik sanoati, Neft sanoati, Neft kimyo’si sanoati, Rangli metallurgiya).

Abdurahim Ortiqov, Ravshan Otaboyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil