Kontent qismiga oʻtish

Ogʻriq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Og`riqdan yoʻnaltirildi)

Ogʻriq – oʻta kuchli yoki yemiruvchi taʼ-sirlovchilarga javoban organizmda roʻy beradigan noxush fiziologik jarayon, organizmning himoyalanish reaksiyasi. Ogʻriq butun organizm yoki organlar funk-siyasining buzilganligi haqida, kasallik toʻgʻrisida ogohlantiradi, uni aniklashga va toʻgʻri davolashga imkon beradi. Shu bilan birga Ogʻriq sezgi hissiy kechinma sifatida kishini ezadi, unga orom va uyqu bermaydi, ish qobiliyatini pasaytiradi va boshqa Ogʻriq haddan tash-qari kuchli boʻlsa, shok roʻy berishi mumkin. Ogʻriq koʻproq taʼsirlovchining kuchiga bogʻliq. Agar teri, shilliq pardalari, suyak usti pardasi qattiq shikastangan boʻlsa, Ogʻriq kuchli boʻladi. Ichak funksiyasidagi ozgina buzilishlar kuchli Ogʻriqqa sabab boʻlishi yoki, aksincha, bosh miya, buyrakning jiddiy zararlanishlari ogʻriqsiz oʻtishi mumkin. Ogʻrituvchi taʼsirotga javoban organizmda bir qancha oʻzgarishlar roʻy beradi; qon tomirlari torayadi, kon bosimi koʻtariladi, qonning ivish xossasi oshadi, qondagi qand miqdori koʻpayadi. Ogʻriq bevosita paydo boʻlgan joyida (mas, gastritda toʻsh ostida) yoki bu joydan ancha uzoqda (masalan, siydik toshi kasalligida jinsiy aʼzolar va chovda) sezilishi va nervlar orkali gavdaning muayyan sohalariga tarqalishi mumkin, buni ogʻriq irradiatsiyasi deyiladi. Ichki aʼzolarning kasalliklarini aniqlashda ogʻriq turi va irradiatsiya harakteri nazarda tutiladi. Ogʻriq sezgisi bosh miya poʻstlogʻida shakllanib, keyin periferiyada aks etadi. Loʻqillovchi, sanchuvchi, kesuvchi, lovullatuvchi, simillovchi, timdalovchi va boshqa xil ogʻriqlar boʻladi. Bosh ogʻrigʻi, yurak sohasidagi va qorin sohasidagi Ogʻriqlar hayotga jiddiy xavf soladigan ogʻriqlardir.

Yurak sohasidagi ogʻriq koʻkrak qafasining chap tomonida yoki toʻsh orqasida boʻladi. Ogʻriq birdan yoki asta-sekin boshlanadi. Ogʻriq bir lahzada oʻtib ketishi yoki anchagina davom etishi mumkin. Koʻproq yurak hamda b. aʼzolar kasallanganda uchraydi. Tush orqasida siqib boshlanadigan Ogʻriq jismoniy zoʻriqqanda yoki tinch holatda ham kuzatiladi, bu stenokar-diyaga xos boʻlib, tibbiy yordam koʻrsatishni talab etadi. Koʻkrak qafasining chap tomonidagi ogʻriq revmatizmda, shuningdek, yurak atrofidagi aʼzolar zararlanganda, kamqonlikda va boshqa kasalliklarda paydo boʻladi. Yurak sohasidagi ogʻriq koʻpincha nevrozlarda yurak nerv apparatining funksional buzilishlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining oʻzgarishi, turli intoksikatsiyalarda (masalan, chekish yoki ichkilikka ruju qilgan kishilarda) kuzatiladi.

Ogʻriqqa davo qilish uni yuzaga keltirgan sababchisini bartaraf etishdan iborat. Ogʻriqlardan oʻtkir qorin ogʻrigʻiga eʼtiborsizlik bilan qarab boʻlmaydi, chunki bu xil ogʻriq qorin boʻshligʻi organlarining jiddiy kasalliklari (oʻtkir appenditsit, meʼda yoki ichak yarasining teshilishi, ichak buralishi, ichakning tutilib qolishi, qorin boʻshligʻiga koʻp qon oqishi, oʻtkir pankreatit va boshqalar)dan dalolat beradi. Qorinda ogʻriqning kelib chiqish sababini faqat vrach aniklaydi va tegishli davo tayinlaydi. Bemorning oʻzi yoki atrofidagi kishilarning Ogʻriq sababini bilmay turib, oʻz bilgicha davo qilishga urinishlari bemor ahvolini ogʻirlashtirib qoʻyishi mumkin. Bolalardagi qorin ogʻrigʻini ota-onalar koʻpincha „ich buzilishi“ deb oʻylashadi. Oʻz bilgicha ogʻriq qoldiruvchi dorilar, surgi ichish, klizma qilish qatiy man etiladi. Bu xil muolajalar kasalliklarni aniqlashda, diagnoz qoʻyishda vrachni chalgʻitishi mumkin. Umuman Ogʻriqning hamma turida ham vrachga koʻrinib, uning koʻrsatmalariga amal qilish tavsiya etiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





best mattress for back pain