Kontent qismiga oʻtish

Ogayo (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ogayo
Tavsif
Uzunligi 1 579
Suv sarfi 7 973 m³/s
Joylashuvi
Davlat AQSh
Ogayo (daryo)

Ogayo yoki Ohayo (inglizcha: Ohio) — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 1580 km, havzasining maydoni 528,1 ming km². Appalachi togʻlaridan boshlanib, Appalachi platosi va Markaziy tekisliklardan oqadi. Asosiy irmoklari: Kentukki, Kamberlend, Tennesi (chapdan). Oʻrtacha suv sarfi 8000 m³/sek. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Yilning sovuq mavsumida toʻlib oqadi, avgust— sentabrda sayozlanib qoladi. Daryo deyarli hamma qismida shlyuzlangan va kema qatnaydi (Luisvill shahri yaqinidagi serostona qismida parallel ravishda kanallar qurilgan). Yirik GESlar bor. Ogayo soqilida Pitsburg, Sinsinnati, Luisvill shaharlari joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil