Kontent qismiga oʻtish

Ogbomosho

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ogbomosho — Nigeriyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Gʻarbiy shtatda. Aholisi 644 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Kakao, moyli palma mahsulotlari bilan savdo qilinadi. Hunarmandchilikda har xil gazlama toʻqiladi. Poyabzal fabrikasi, oʻqituvchilar kolleji bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil