Kontent qismiga oʻtish

Ohak (qaynatma)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ohak - OLTINGUGURT QAYNATMASI — akaritsid, fungitsid; kalsiy polisulfidning (CaS.

Sx) suvdagi 10— 30% li eritmasidan iborat. Rangi toʻk sarikdan och qizilgacha boʻlgan oʻtkir vodorod sulfid hidli tinik suyuklik. Oʻrgimchakkanalarga va oʻsimliklarning turli kasalliklariga karshi ishlatiladi. Suv, oltingugurt va ohakning 17:2:1 nisbatdagi (100 l suvga 12 kg oltingugurt kukuni va 6 kg ohak hisobida) aralashmasini 1—2 soat qaynatish bilan tayyorlanadi. Tayyor eritmaning areo-metrda aniklangan zichligi Bome boʻyi-cha 20° yoki 1,6 g/sm3 ni tashkil etishi kerak. Havo oʻtmaydigan (mas, moyli toʻsma pardali) shisha idishlarda saqlanadi. Zarur darajadagi kuvvatga ega boʻlgan ish suyukligi tayyorlashda eritmaga suv aralashtiriladi. Bome boʻyicha 0,5— 1,0° quvvatga ega boʻlgan eritma bilan ishla-nadi. Amadsa barcha (tok, pomidor, olma va boshqalar) ekinlar uchun qoʻllash mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil