Kontent qismiga oʻtish

Ohangaron suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ohangaron suv ombori

Ohangaron suv ombori va Qurama tizmasi
Morfometriya
Sigʻimi 0,26 km³
Xarakteristikasi
Toʻldirilgan yili 1989
Toʻgʻon balandligi 100 m
Havzasi
Quyiladigan irmoqlar Ohangaron
Joylashuvi
Mamlakat Oʻzbekiston

Ohangaron suv ombori - Toshkent viloyatida, Ohangaron daryosi oʻzagida qurilgan gidrotexnika inshooti. 1989-yilda ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 260 mln. m³, toʻgʻonning maksimal balandligi 100 m, suv oʻtkazish imkoniyati 480 m³/sek. Ohangaron daryosi suvini mavsumiy tartibga soladi. Toshkent viloyatidagi Ohangaron, Oʻrta Chirchiq, Piskent va Boʻka tumanlaridagi yerlar sugʻoriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil