Oharun
Oharun — ilk oʻrta asrlarda Chagʻoniyonning shimolida joylashgan viloyat (VI-X asrlar). Oharun hokimi qoʻshni Shuman shohiga tobe boʻlgani tufayli tarixiy manbalarda bu viloyatlar qoʻshma holda uchraydi. Xitoy sayyohi Syuan Szanning xotiralarida Xo-ru-mo deb atalgan. Oharun hokimi Xi-su urugʻiga mansub turk boʻlgan. VII asrda bu yerda 2 budda ibodatxonasi va 100 ga yaqin rohib bor edi. Xitoy tarixiy yilnomasi "Tan shu" ("Tan sulolasining tarixi")da Oharun Xu-lu-yen shaklida qayd etilgan. Unga koʻra, Xitoy maʼmurlari tomonidan 658—659-yillarda Gʻarbiy Turk xokrnligi yerlarida oʻtkazilgan maʼmuriy islohotdan soʻng Xu-lu-yen mulki Shuman bilan birlashib yagona gubernatorlikni tashkil etgan. Tabariyga koʻra, 700 yil arab sarkardasi Muxallab ibn Abu Sufra Kesh qamalini boʻshatib shoshilinch ravishda qoʻshini bilan Oharunga kelgan. 705-yil Oharun va Shuman shohi Gʻushtasbon kuchayib, Chagʻoniyon viloyatiga hujum qilgan, Chagʻoniyon shohi Tish arablar bilan ittifoq tuzgan. 722—723-yillarda Oharun va Shuman shohi Gʻuram arablar tomonidan turib Devashti qoʻzgʻolonini bostirishda qatnashgan. Gʻuram 700-yilda arablar tomoniga oʻtgan "Oharun hokimi" boʻlib, shu tufayli Shuman shohi Gʻushtasbon uni taʼqib etgan. Gʻushtasbon 709-710-yilda oʻldirilgan. Shundan sung Gʻuram Oharun va Shuman shohi bulgan.
IX asrning 1-yarmida Oharun Toharistonning alohida okrugi bulgan. 826—827 yillarda undan 32 ming dirham miq-dorda xiroj olingan. Oharun poytaxti Hamavaron shahri bulgan. X asrda somoniylar davrida Oharun tanazzulga uchragan. X-XII asrlarda Oharun nomi manbalarda uchramaydi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kamal idd i nov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachalo XIII vv., T., 1996.
Sayfullo Tursunov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |