Okan Aydın
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 8-may 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Leverkusen, Germaniya[1] | ||
Boʻyi | 1.71 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | TSV Hartberg | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2002 | SV 07 Setterich | ||
2002-2012 | Bayer Leverkusen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012-2013 | Bayer Leverkusen II | 28 | (5) |
2012-2013 | Bayer Leverkusen | 1 | (0) |
2013-2014 | Eskişehirspor | 1 | (0) |
2014-2017 | Rot-Weiß Erfurt | 98 | (12) |
2017-2018 | Chemnitzer FC | 19 | (0) |
2019-2020 | Viktoria Berlin | 0 | (0) |
2019 | → Austria Klagenfurt (ijara) | 15 | (4) |
2019-2020 | Austria Klagenfurt | 29 | (12) |
2021-2022 | Wacker Innsbruck | 31 | (6) |
2022- | TSV Hartberg | 7 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2009-2010 | Germaniya U16 | 5 | (2) |
2010-2011 | Germaniya U17 | 21 | (5) |
2012 | Germaniya U18 | 1 | (0) |
2013 | Turkiya U19 | 11 | (2) |
2013 | Turkiya U20 | 3 | (0) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 16-aprel uchun) |
Okan Aydın (Turkcha: [oˈkan ajˈdɯn], 1994-yil 8-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi, Avstriyaning TSV Hartberg klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Germaniyada tugʻilgan, Turkiya terma jamoasi sobiq aʼzosi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilda Aydın Bayer 04 Leverkuzenga yoshlar safidan oʻtdi va 2012-yilning oktyabr oyida „Mainz 05“ bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Simon Rolfes oʻrniga maydonga tushib Bundesligada debyut qildi. 2013-yilning 6-sentyabrida „Eskişehirspor“ga uch yillik shartnoma asosida kelib qo‘shildi[2]. Turk klubida oʻzini koʻrsata olmagani va 2013—2014-yilgi mavsumda atigi bir marta maydonga tushganidan soʻng, Okan Germaniyaga qaytib keldi va 3.Liga vakili FC Rot-Weiß Erfurttaga qoʻshildi. U yerda Okan ikki yillik uzaytirish bandi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[3].
2020-yil sentabr oyida Okan Avstriyaning Klagenfurt klubidan Xitoyning birinchi ligasi vakili Jiangxi Liansheng FCga o‘tdi[4].
2022-yilning 14-yanvarida Okan Avstriya Futbol Bundesligasida TSV Hartberg bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi[5].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aydın 2013-yili 19 yoshgacha boʻlgan Turkiya milliy terma jamoasi safida Turkiyaning Mersin shahrida boʻlib oʻtgan Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Turkiyani himoya qilgan. Aydin, shuningdek, 2011-yilgi U17 Jahon chempionatida Germaniya safida boʻlgan. Jamoa yarim finalda yakuniy chempion va mezbon Meksikaga qoʻshimcha vaqtdagi dramatik oʻyinda magʻlub boʻldi. Germaniya uchinchi oʻrinni oldi[6].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aydınning ukasi Anıl Aydın ham professional futbolchi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Okan Aydin“. worldfootball.net. Qaraldi: 2013-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Eskisehirspor sign Bayer 04 Leverkusen winger Okan Aydin“ (2013-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Rot-Weiß verpflichtet Okan Aydin“ (German). Rot-Weiß Erfurt (2014-yil 1-sentyabr). 2014-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Klagenfurt-Kicker wechselt nach China“ (German). laola1.at (2020-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
- ↑ TSV Hartberg (2022-yil 14-yanvar). „Okan Aydin verstärkt die Hartberg-Offensive“ (de). Press-reliz. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
- ↑ „Gomez the hero for mighty Mexico“. FIFA.com (2011-yil 7-iyul). 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-may.
- ↑ Jung, Kevin. „FCK nimmt FC-Talent Anil Aydin unter Vertrag“ (de). liga3-online.de (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.