Okkam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

OKKAM (Ockham) Uilyam (taxm. 1300, Okkam, Surrey grafligi 1349, Myunxen) — ingliz faylasufi, nominalizm oqimining yirik vakillaridan biri. Oksford va Parij universitetlarida oʻqituvchilik qilgan. Okkam Falsafiy va ilohiyot oʻrtasidagi bogliklikni butunlay inkor etadi. Falsafiy diniy eʼtiqod aqidalarini isbot qilishga qodir emas. Chunki falsafiy eʼti- qodning asosi boʻlolmaydi. Mas. Falsafa Xudoning mavjudligi xaqidagi aqidani isbot eta olmaydi, deydi. Okkamning fikricha, Xudoning mavjudligini aqliy dalillar bilan isbotlab boʻlmaydi. Ilohiyotning muqadddas kitob haqiqatidan kelib chiqadi. Shu tufayli iloxiyot aqlning haqiqatidan kelib chiquvchi falsafasiga qarama-qarshidir. Okkam nominalizm pozitsiyasini himoya qilib, realizmga qarshi asosli dalillar keltiradi. Okkamning nominalistik taʼlimoti boʻyicha, faqat ayrim narsalar haqiqiy mavjuddir, umumiy tushunchalar esa yakka narsalar asosida tushuntiriladi. Inson bilimidan tashqarida hech kanday umumiy narsa yoʻq. Universaliylar ayrim narsalarning belgisi. Substantsiya mustakil mavjud boʻla olmaydi. Okkam uchun asosiy maksad-ayrim, xususiy narsalarni bilishdir. Okkam oʻz davrining deyarli barcha sxolastik okimlariga qarshi chiqdi va falsafaning rivojiga yoʻl ochdi. Uning mashxur "hech qanday zaruriyatsiz mohiyatlarni koʻpaytirishga xojat yoʻq iborasini "Okkam tigi deb ataganlar. Uning bu fikri sxolastik bachkanalikka qarshi qaratilgan edi. "Okkam tigi yangi tajribaviy ta- biatshunoslik rivojiga yoʻl ochib berdi. Okkam talimotidagi ilgʻor fikrlar sxolastik qobiqqa oʻralgan edi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Oʻbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti" „Sharq“ Nashriyot_Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2004