Okkamizm
Okkamizm — sxolastik falsafiy oqim. U Okkam gʼoyalari ta’sirida shakllangan. Angliyaning Kembrij, Fransiyaning Parij, Germaniyaning Geydelberg, Leypsig, Erfurt, Chexiyaning Praga, Polshaning Krakov universitetlarida keng tarqalgan. Okkamizmga ilmiy bilimlar va falsafaning ilohiyotdan xalos boʻlishi uchun kurash xos edi. Unda mantiq, bilish nazariyasi, tilshunoslik, tajriba va analitik usullarga asoslanish, sxolastika va metafizikani tanqid muhim oʻrin egallagan. Okkamizm tarafdorlari atamalarni falsafiy tahlil qilishga katta ahamiyat berganligi uchun bu ta’limot «terminizm» deb ham ataladi. Okkamizm tarafdorlari XIII asrda hukmron boʻlgan Foma Akvinskiy va Ioann Duns Skott sistemasiga qarshi kurash olib bordilar. U.Shervud, P.Ispanskiy, U.Okkam nazariyasining fundamental asoslariga toʻxtalib, mantiq fanining rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. O. siyosiy falsafa sohasida dunyoviy hokimiyatning diniy hokimiyatdan ajratish uchun kurashdi. Bu borada M. Paduanskiy katta ish qildi. Bu oqimining yirik namoyondalari: Robert Xolkot, Mirekurlik Jan, Otrekurlik Nikolay, Jan Buridan, Albert Saksonskiy va Okkamistlarning merosi yangi za- mon falsafasiga, ayniqsa Ram, T.Gobbs, D.Yum kabi faylasuflar dunyoqarashiga ijobiy ta’sir koʻrsatgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Falsafa. Qomusiy lugʻat" Toshkent -2004. 311-bet
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |