Okkultizm
Okkultizm (lot. occultus - yashirin, sirli) — insonda va kosmosda yashirin kuchlar mavjudligini eʼtirof etuvchi taʼlimotlarning umumiy nomi. O.ga koʻra, bu kuchlarni maxsus psixik mashkutardan oʻtgan va oʻzini faqat shu yoʻlga bagʻishlaganlargina payqay oladi. Falsafiy jihatdan gilozoizm va panteizmha yaqin. O.ning hodisalar oʻrtasidagi umumiy yashirin aloqalar toʻgʻrisidagi va mikrokosm hisoblangan odam haqidagi taʼlimoti 14—16-asrlarda kuzatish va tajriba metodlari (Uygʻonish davri italyan natur-falsafasi va boshqalar)ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Umuman, O. ilmiy tafakkurga zid taʼlimotdir.[1]
OKKULTIZM (lotincha occultus-sirli, yashirin, botiniy) maxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar natijasida ayrim insonlargina bila oladigan koinotdagi sirli kuchlar mavjudligini eʼtirof etadigan taʼlimot. Okkultizm gilozoizm va panteizmga yaqin turadi. Okkultizmning mustaqil soha sifatida ajralib chiqishi soʻnggi antik davrdagi ellinlar dini sinkretizm bilan bogʻliq. 1-4-asrlarda Aleksandriyada Okkultizmning afsonaviy asoschisi Regmas Trismegista nomi bilan bogʻliq adabiyotlar toʻplami vujudga keladi. Shu davrda germetik fanlar hisoblanmish alximiya, astrologiya paydo boʻldi. Okkultizmda insonning iro- daviy xatti-xarakatlariga olamga toʻgridan-toʻgri tasir eta olishi mumkin boʻlgan oʻziga xos tabiat kuchlari sifatida qaraladi. Xristianlikni xukmron dinga aylanishi bilan Okkultizm taʼqib ostiga olingan va yashirin faoliyatga oʻtgan. Yevropadagi uygonish davrida Okkultizm dunyoning oʻrta asrlar manzarasi yemirilishiga, sxolastik anglashni bartaraf qilishga va eksperimental tabiatshunoslikning rivojiga taʼsir koʻrsatdi. 17-asrlarda tabiiy fanlarning rivoji esa Okkultizmga boʻlgan ishonchni maʼlum maʼnoda yoʻqqaa chiqardi. Dunyoviy Okkultizm jamiyatlari shakllana boshladi. Mas., T. Kompanellaning „Kuyosh shahri“, F. Bekon- ning „Yangi Atlantida“ kabi asarlarida sotsial utopiya Okkultizm anʼanalari bilan bogʻliq. 19-asrning oxirlaridan turli davrlar va xalqlar okkultiv va diniy- Falsafiy taʼlimotlarni birlashtirish asosida yangi <>universal" dinni yaratishga urinishlar boʻlgan. hozir ham Okkultizm ekstrasensorika, munajjimlar faoliyatlari va shu kabilar orqali jamiyatda mavjud.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Oʻbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti" „Sharq“ Nashriyot_Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2004