Kontent qismiga oʻtish

Okkupatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Okkupatsiya, harbiy okkupatsiya (lotincha: occupatio – egallash, bosib olish) – xalqaro huquqda urush olib borayotgan tomonning qurolli kuchlarining dushman hududini vaqtincha egallab olishi. Harbiy okkupatsiya rejimi 1907-yilgi 4-Gaaga konvensiyasi va „Fuqaro aholini himoya qilish toʻgʻrisida“gi Jeneva konvensiyasi (1949) bilan tartibga solinadi. Bu hujjatlarda okkupatsiya qilib turgan hokimiyat oʻzi egallagan joylarda tartibni saqlashi, fuqarolarning shaʼni, oilaviy xuquqlari va hayotini hurmat qilishi, mol-mulk, madaniy boyliklarni yakson qilmasligi, okkupatsiya qilingan hududning siyosiy taqdiri toʻgʻrisidagi masalani hal etmasligi sharti nazarda tutilgan. Okkupatsiya rejimini buzish xalqaro jinoyat hisoblanadi, bunda javobgar boʻlgan shaxslar harbiy jinoyatchilar deb qaraladi[1].

Okkupatsiya (lotincha occupatio-ishgʻol qilish) bir mamlakat hududini boshqa davlat yoki davlatlar ittifoqi kurolli kuchlari tomonidan zoʻravonlik bilan bosib olinishi. Bunda Okkupatsiya qilingan davlat hokimiyati oʻz faoliyatini amalda toʻxtatadi, bu xududni maʼmuriy boshqarish odatda okkupatsion kuchlar tomonidan amalga oshiriladi.

"Oʻbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti" „Sharq“ Nashriyot_Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2004

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil