Kontent qismiga oʻtish

Oksiart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oksiart
qadimgi forscha: 𐎢𐎺𐎧𐏁𐎫𐎼

Oksiart, (Rene Kastaign, XIX)
Tavalludi IV asr
Vafoti IV asr
Bolalari Rohshanak, Itan
Oksiart Iskandar vafotidan keyin Paropamisusning satrapi boʻlgan.

Oksiart (qadimgi forscha: 𐎢𐎺𐎧𐏁𐎫𐎼, yunoncha: ὈleĬrēs, forscha: وخش‌ارد („Vaxš-ard“), qadimgi eron tilidagi tasdiqlanmagan shakli: *Huxšathra[1][2]) – Soʻgʻd yoki Baqtriyada tugʻilgan. Zodagonlar oilasidan boʻlgan. Makedoniyalik Aleksandrning xotini Rohshanakning otasi[3][4].

Oksiart nomi birinchi marta Bessning Oks daryosi orqali Sugʻdiyonaga chekinishida hamrohlik qilgan (miloddan avvalgi 329-yil) boshliqlaridan biri sifatida tilga olinadi[5]. Bessning oʻlimidan soʻng, Oksiart oʻz xotini va qizlarini xavfsizlik uchun Soʻgʻdiyonadagi Sugʻd qoyasi yaʼni qoya qalʼaga joylashtiradi. Oksiart qalʼani bosib boʻlmas deb hisoblagan, ammo baribir tez orada Iskandar qoʻshinlari qal’ani qoʻlga kiritdi. Aleksandr oʻz asirlariga nafaqat hurmat va eʼtibor bilan munosabatda boʻlibgina qolmay, balki Roxshanakning goʻzalligiga shunchalik maftun boʻlib, uni xotinlikka olmoqchi boʻldi. Oksiart bu xabarni olgach, Aleksandrga boʻysunishga shoshilgan va u uni juda yaxshi qabul qilgan. Miloddan avvalgi 327-yilda Oksiart qizining Aleksandr Makedonskiy bilan nikoh toʻyi boʻlib oʻtgan[6].

Ushbu voqeadan koʻp oʻtmay, Oksiart Xorienni qoya qal’asini taslim qilishga koʻndirdi. Keyinchalik u Iskandar tomonidan Paropamisada provinsiyasiga satrap etib tayinlandi[7]. U bu lavozimni Iskandar vafotigacha (miloddan avvalgi 323-yil) davom ettirdi. Oksiart oʻz lavozimida Iskandar vafotigacha qoldi. Iskandar vaotidan soʻng unga satraplikning birinchi boʻlinmasi, Bobilning boʻlinishida (miloddan avvalgi 323) va keyingi boʻlinishda (miloddan avvalgi 321-yilda) Triparadis berildi[8].

Keyinchalik Oksiart Antigonus va Eumenes oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqadi. Oksiart Eumenesni qoʻllab-quvvatlash uchun kichik bir kuch yubordi. Ammo miloddan avvalgi 316-yilda Gabiene jangida Eumenes magʻlub boʻladi va vafot etadi. Oksiart oʻz hukmronligini saqlab qolish uchun Antigonus bilan kelishishga majbur boʻladi[9].

Manbalarga koʻra Oksiart Salavka I Nikatorning Janubiy Osiyoga harbiy yurishidan oldin vafot etgan boʻlishi mumkin, chunki Salavka Paropamisada satraoligini Maurya hukmdori Chandraguptaga topshirgan[10].

  1. „OXYARTES – Encyclopaedia Iranica“. www.iranicaonline.org.
  2. Ahmed, S. Z. (2004), Chaghatai: the Fabulous Cities and People of the Silk Road, West Conshokoken: Infinity Publishing, p. 61.
  3. Strachan, Edward and Roy Bolton (2008), Russia and Europe in the Nineteenth Century, London: Sphinx Fine Art, p. 87, ISBN 978-1-907200-02-1.
  4. Schmitt. „OXYARTES“. Encyclopaedia Iranica.
  5. Arrian, Anabasis Alexandri, iii. 28
  6. Arrian, iv. 18-20; Curtius Rufus, Historiae Alexandri Magni, viii. 4; Strabo, Geography, xi. 11; Plutarch, Parallel Lives, "Alexander", 47
  7. Arrian, iv. 21, vi. 15; Curtius, ix. 8; Plutarch, 58
  8. Diodorus Siculus, Bibliotheca, xviii. 3, 39; Justin, Epitome of Pompeius Trogus, xiii. 4; Photius, Bibliotheca, cod. 82, cod. 92
  9. Diodorus, xix. 14, 48
  10. Strabo, xv. 2

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]